Bob Maqbarasi (Bobiylik)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bob Maqbarasi — Isroilning Hayfa shahridagi Karmal togʻi yonbagʻirlarida joylashgan inshoot boʻlib, u yerda Bobiylik E'tiqodi asoschisi va Bahoiy E'tiqodidagi Bahoullohning jarchi-mujdasi bo'lmish Bob jasadining qoldiqlari dafn etilgan; bu joy Bahoiylar uchun Akrdagi Bahoulloh ziyoratgohidan keyin, yer yuzidagi ikkinchi eng muqaddas joy hisoblanadi. Uning Karmal tog'idagi aniq joylashishi kerak bo'lgan yerini, 1891 yilda Bahoullahning o'zi katta o'g'li Abdul-Bahoga tayinlab ketgan. Abdul-Baho bino qurilishining rejasini tuzadi, bir necha yil o'tgach qurilish uning nabirasi Shavqi Affandi tomonidan loyihalashtirib, qurib bitkaziladi.
Abdul-Baho kutganidek, 18 oynadan iborat aylana baraban ustiga o'rnatilgan gumbaz, dizaynning toji bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida, sakkizburchakli qurilma ustiga o'rnatilgan bo'lib, bu taklifni Shavqi Affandi kiritgan. Toshdan qurilgan bino arklar qatori bilan o‘ralgan. Ziyoratgohning tashqi va ichki qismini qayta tiklash loyihasi 2008 yilda boshlangan va 2011 yil aprel oyida yakunlangan [1]