Abdul-Baho
Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli va Bahoiy E'tiqodining rahbari / From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdul-Baho (Forscha: عبد البهاء tugʻilganda Abbos deb ism beriladi: 1844-yil 23-may – 1921-yil 28-noyabr) – Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, 1892-yildan 1921-yilgacha Bahoiy Eʼtiqodining rahbari boʻlib xizmat qilgan.[1] Abdul-Baho, keyinchalik Bahoulloh va Bob bilan bir qatorda dinning uch „Markaziy Siymolari“dan oxirgisi sifatida tan olingan boʻlib, uning yozma asarlari va tasdiqlangan nutqlari Bahoiy muqaddas adabiyotiga tegishli manbalardan boʻlib hisoblanadi.[2]
Abdul-Baho | |
---|---|
Parijda suratga olingan portret, 1911 | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
Abbos 23-may 1844-yil |
Vafoti |
28-noyabr 1921-yil(1921-11-28) (77 yoshda) |
Abdul-Baho Maqbarasi 32°48′52.59″N 34°59′14.17″E G O | |
Dini | Bahoiylik |
Millati | Fors |
Tavallud shahri | Tehron, Eron |
Farzandlari |
|
Ota-onasi |
|
Qarindoshlar | Shavqiy Effendi (nabirasi) |
U Tehronda, zodagon oilasida dunyoga keladi. Sakkiz yoshida Uning Otasi hukumat tomonidan Bobiylik taʼlimotiga qarshi olib borilgan tazyiqlar paytida hibsga olinadi va oilaning mol-mulki talon-taroj qilinib, oila tom maʼnodagi qashshoqlikka uchraydi. Uning Otasi oʻz vatani Erondan surgun qilingani sabab, oila Bagʻdodga joʻnab, u yerda toʻqqiz yil qoladi. Keyinchalik esa, ular Usmoniylar davlati tomonidan mahbuslikning davomini oʻtash uchun yuboriladigan Edirnadan oldin Istanbulga va oxiri, Akko zindon-shahriga badargʻa qilinadilar. Abdul-Baho 1908-yilda 64 yoshida, Yosh turklar inqilobi uni ozod qilguniga qadar, oʻsha erda siyosiy mahbus sifatida qoladi. Keyin esa U, Bahoiylik mujdasini oʻzining oʻrta-sharqiy kelib chiqishi sarhadlaridan chetga yoyish uchun Gʻarbga bir necha bor safar qiladi, ammo, Birinchi Jahon urushi boshlanganligi sabab, U 1914-yildan 1918-yilgacha, asosan, Hayfada qolishga majbur boʻladi. Bu Urush, oshkora qarshilik koʻrsatib kelgan Usmoniylar hukumatini Britaniya Mandatiga almashtiradiki, bu Mandat unga urushdan keyingi ocharchilikning oldini olishda koʻrsatgan yordami uchun Britaniya Imperiyasi Ordenining Fotih Qoʻmondoni etib tayinlaydi.
1892-yilda Abdul-Baho Otasining vasiyatiga koʻra Ul Zotning vorisi va Bahoiy Eʼtiqodining Rahbari etib tayinlanadi. U deyarli barcha oila aʼzolarining qarshiliklariga duch keladi, lekin, dunyo Bahoiylaridan koʻpchiligining sodiqligini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. Uning "Ilohiy Reja Lavhlari" Shimoliy Amerikadagi Bahoilarni Bahoiy Taʼlimotini yangi hududlarga targʻib qilishga ragʻbatlintirib, ularni safarbar qilishga yordam beradi va Uning „Iroda va Vasiyatnomasi“ hozirgi kundagi Bahoiy Maʼmuriy Tartibotiga asos soladi. Uning koʻplab bitik va munojotlari, maktub va lavhlari saqlanib qolgan boʻlib, Uning Gʻarbiy Bahoiylar bilan olib borgan suhbatlari 1890-yillarning oxirlarida dinning oʻsishiga katta turtki beradi.
Abdul-Bahoga tugʻilganida berilgan ism Abbos edi. Vaziyatga qarab Uni Mirzo Abbos (forschada) yoki Abbos Effendi (turkchada) deb atashgan, bu ikkalasi ham inglizcha „Sir“ (janob) Abbos degan bilan teng. U oʻzi uchun Abdul-Baho („Bahoning Quli“, Otasiga ishora) unvonini afzal koʻrgan. U, odatda, Bahoiy matnlarida „Ustoz“ deb ataladi.