Bob
From Wikipedia, the free encyclopedia
Asosiy manba en:Báb
Bob | |
---|---|
Unvoni | Sayyid |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi |
Ali Muhammad 20-oktyabr 1819-yil |
Vafoti |
9-iyul 1850-yil(1850-07-09) (30 yoshda) |
Oʻlim sababi | otishma guruhi tomonidan qatl qilngan |
Bob Maqbarasi (Bobiylik) 32°48′52″N 34°59′14″E G O | |
Dini | Bobiylik |
Millati | Fors |
Turmush oʻrtoq(lar)i | Khadicha-Sulton (1842–1850) |
Farzandlari | Ahmad (1843–1843) |
Ota-onasi |
Mirzo Muhammad Rida (otasi) Fotima Bagum (onasi) |
Kasbi | Savdogar |
Bob (باب -darvoza) maqomi, Sayyid Ali Muhammad Sheroziy (arabcha سيد علی محمد شیرازی) (1819-yil 20-oktabr – 1850-yil 9-iyul) – Bobiy, Bobiylik dining paygʻambari va asoschisi, Bahoiy dinining markaziy arboblaridan biri. Forsizabon bahoiylar orasida u odatda حضرت اعلی (Hazrati Oliya) deb ataladi. Boboning barcha bitiklari va vahiylari Bayon deyiladi.
Bob Qojarlar Eronidagi Sherozlik savdogar edi. U 1844 yili, yigirma toʻrt yoshida oʻzini Ollohning elchisi deb eʼlon qildi. U oʻziga, imom Mahdiy yoki shialarning Al-Qoimi ga bogʻliqlik alomati boʻlgan Bob (arabcha باب „Darvoza“ yoki „Eshik“) nomini oladi. U fors hukumatining qarshiliklariga duch keldi va oxir-oqibat u va Babiylar nomi bilan tanilgan uning minglab izdoshlari qatl etildi.
Bob qalamiga oid koʻplab maktub va kitoblarda yangi ijtimoiy tartibning gʻoyalari va tez orada yangi ilohiy elchining kelishi vaʼda qilingan. [1] U fan va sanʼatni oʻrganishni ragʻbatlantirib, nikoh, ajralish va merosni boʻlishda tartibga soluvchi koʻrsatmalarni bergan va amalga oshmaganicha qolgan boʻlajak Bobiy jamiyati uchun qonun-qoidalarni oʻrnatgan. [1] Garchi oʻzlarini himoya qilgan Bobiylar va hukumat orasida bir qancha toʻqnashuvlar yuz bergan boʻlsa-da, Bob oʻz izdoshlarini tinchlikparvar boʻlishga va qilich tomoniga oʻtmaslikka oʻrgatgan. [1]
Bob murtadlikda ayblanib, Tabrizdagi jamoat maydonida bogʻlangan holda qatl etilganida, 750 miltiqdan unga qarata oʻq otilgan. Birinchi zarbadan soʻng, Bobning gʻoyib boʻlgani aniqlanadi, keyinchalik topilib, qayta maydonga qaytariladi. Ikkinchi zarba natijasida, u halok boʻladi. Tafsilotlar yoritilgan hisobotlarda farqlar bor, ammo ularning barchasida birinchi zarbaning uni oʻldira olmagani tasdiqlanadi. [lower-alpha 1] Ushbu voqeaning hujjatlashtirilib keng tarqalishi, uning xabariga boʻlgan qiziqishni orttiradi. [1] Uning jasadi qoldiqlari to 1909 yilda Abdul-Baho tomonidan Karmal togʻi yonbagʻrida maxsus qurilgan ziyoratgohga dafn etilguniga qadar, yashirincha saqlanib kelingan.
Bahoiylar uchun Bobning vazifasi Banu Isroilning Ilyos yoki Nasroniylikdagi Yahyo paygʻambarning vazifasi kabidir: ular oʻz dinlari asoschilarining bashoratchi-elchisi boʻlganlar. [2] Bobga ilohiy elchi sifatida ergashish, bugungi zamonda 5–8 millionlik aʼzoga ega Bahoiy Eʼtiqodi shaklida saqlanib qolgan, Bahoiy dining asoschisi Bahoulloh 1863 yilda, oʻzini Bob vaʼda qilgan ilohiy elchi ekanligini ochiq eʼlon qilgan. Bobiylarining aksariyati 19-asrning oxiriga kelib, Bahoiylikni qabul qilishgan. [3]