Bahoulloh
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bahoulloh (kirillcha „Bahoulloh“) (arab الله بهاء asl ismi Mirzo Husayn Ali 1817-1892) – Bahoiy eʼtiqodining asoschisi. U Forsda zodagon oilada dunyoga keladi va Bobiylar eʼtiqodiga sodiqligi sabab surgun qilinadi. 1863-yil Iroqda, u Tangridan yangi zuhur keltiruvchi ekanligini ilk bor eʼlon qiladi va umrining qolgan qismini Usmoniylar Imperiyasi qamoqlarida oʻtkazadi. Uning taʼlimoti axloqiy va maʼnaviy taraqqiyotdan tortib dunyoni boshqaruvigacha qamrab olib, vahdat va dinning yangilanishi tamoyillarining atrofida aylanadi.[1]
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Bahoulloh | |
---|---|
Bahoullohning Akkodagi maqbarasi | |
Tavalludi |
Mirzo Husayn-Ali Nuri 12-noyabr 1817-yil |
Vafoti |
29-may 1892-yil(1892-05-29) (74 yoshda) Akko, Usmoniylar Imperiyasi |
Fuqaroligi | Fors |
Millati | Forscha |
Turmush oʻrtogʻi | Asiya |
Bolalari | Abdul-Baho, Bahiya Xonim |
Otasi | Mirzo Abbos Buzurg Nuri |
Onasi | Xadicha Xonim |
Bahoulloh rasmiy taʼlim olmay ulgʻaygan boʻlsa-da, oʻqimishli va taqvodor edi. Uning oilasi ancha badavlat edi va Mirzo Huseyn Ali 22 yoshida hukumatdagi lavozimni rad etadi va buning oʻrniga oilaviy mulkni boshqarib, xayriya ishlariga katta vaqt va mablagʻ ajratadi.[2] Bahoulloh hech qanday mavqe yoki shuhrat izlashga qiziqmaydi. 27 yoshida u Bobning xushxabarini qabul qilganini maʼlum qiladi, Tangri yaqinda yangi Mazhar yuborishini targʻib qila boshlagan yangi diniy harakatning shiddatli tarafdorlaridan biriga aylanadi.[3] Bob va uning minglab izdoshlari Eron hukumati tomonidan eʼtiqodi tufayli qatl etiladi. 33 yoshida Bahoulloh moʻʼjiza bilan oʻlimdan qoladi va mol-mulki musodara qilinib, Erondan quviladi.
Siyoh-Chol zindonida zanjirband paytida, ozod etilishidan biroz oldin, Bahoullohga Tangridan vahiy keladi va uning ilohiy vazifasi boshlanadi.[4] 1863-yilda Bagʻdodda u oʻzini Bob bashorat qilgan va kutilayotgan Tangrining elchisi deb eʼlon qiladi. Shu bois, Bahoiylar Bahoullohni qator dinlarning esxatologik umidlariga javob beradigan Tangrining Zuhuri deb eʼtirof etadilar.[4]
Iroqda boʻla turib, Bahoullohning yoʻllagan nomalari yana Eron hukumatining gʻazabini qoʻzgʻatadi va ular Usmoniylar Imperiyasidan uni uzoqroqqa surgun qilishni talab qiladi. U Istanbulda bir necha oyni oʻtkazadi, u erdagi hukumat uning diniy daʼvolariga ziddiyatda boʻlib, Bahoullohni toʻrt yil davomida Edirnada uy qamogʻiga, soʻngra esa ikki yili juda ogʻir oʻtgan Akko-zindon shahridagi qamoqxonada qamoq jazosiga tortadi. Bahoullohga nisbatan cheklovlar asta-sekin yengillashtirilib, uning oxirgi yillari Akko atrofida nisbatan erkinlikda oʻtadi.
Bahoulloh 1 500 jildga yaqin, baʼzilari kitob hajmida boʻlgan nomalar yozadi, ular kamida 802 tilga tarjima qilingan.[2] Baʼzi diqqatga sazovor asarlari qatoriga "Nihon kalimalar", "Kitobi-Iqon" va "Kitobi-Aqdas" (Eng muqaddas kitob) kiradi. Baʼzi asarlar tasavvufiy boʻlib, Tangrining sifati va ruhning taraqqiyotiga qaratilgan boʻlsa, boshqalari jamiyatning ehtiyojlari, izdoshlari uchun diniy qonunlar yoki uning taʼlimotini targʻib qiluvchi Bahoiy muassasalarining tuzilmasi bilan bogʻliqdir.[5] U insonlarning mohiyatan maʼnaviy mavjudot ekanligini oʻrgatadi va ularni ilohiy fazilatlarni rivojlantirishga, jamiyatning moddiy va maʼnaviy taraqqiyotiga hissa qoʻshishga daʼvat etadi.[6]
Bahoulloh 1892-yil Akko yaqinida vafot etadi. U dafn qilingan joyi hozirda 236 mamlakat va hududlarda istiqomat qiluvchi va 5 milliondan 8 milliongacha odamni tashkil etuvchi Bahoiylar nomi bilan tanilgan izdoshlari uchun ziyoratgohga aylandi.[7] Bahoiylar Bahoullohni Iso Masih yoki Muhammad kabi Tangrining Mazhari yoki Tanngrining elchisi deb biladi.[8]