Tesla (kompaniya)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tesla, Inc. (avvalgi nomi Tesla Motors) – AQShning elektromobillar va elektr energiyasini saqlash texnologilarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[3][4][5][6]. Kompaniyaga 2003-yilda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan asos solingan lekin Teslaning hozirgi maʼmuriyati kompaniya asoschilari safiga Elon Musk, Jeffrey Brian Straubel va Ian Wrightni ham qoʻshishadi[7][8]. Kompaniya mashhur elektrotexnik Nikola Tesla sharafiga nomlangan.
Sobiq nomi | Tesla Motors, Inc. (2003–2017) |
---|---|
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
Tarmogʻi | |
Qachon asos solingan |
1-iyul, 2003-yil (20 yil avval) (2003-07-01) San Carlos, Kaliforniya, AQSh |
Joylashuvi | Ostin, Texas, AQSh |
Hududiy xizmati | |
Asoschi(lari) | |
Rahbariyat |
|
Aylanma daromadi | AQSh$81,5 milliard (2022) |
Operatsion foydasi | AQSh$13,7 milliard (2022) |
Boyligi | AQSh$82,4 milliard (2022) |
Sof foydasi | 14 997 000 000[2] |
Ishchilar soni | 127 855 (2022) |
Shoʻba korxonalari |
|
Vebsayti | tesla.com |
Kompaniya aksiyalari 2021-yil 8 mart kuni boʻlib oʻtgan savdolar jarayonida yanvar oyida qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkichning uchdan bir qismini yoʻqotdi. Kompaniyaning kapitallashuvi qariyb 300 milliard dollarga kamaydi. Yil boshida „Tesla“ning kapitallashuvi 850 milliard dollarga yaqinlashgandi[9]. 2021-yil 12-martda Fremont shahridagi Tesla zavodida yongʻin sodir boʻldi[10].