Zumurrud Xotun masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Zumurrud Xotun masjidi va maqbarasi (arabcha: ), Sitta Zubayda maqbarasi nomi bilan ham tanilgan, Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan tarixiy masjid va ziyoratgoh hisoblanadi. Uning qurilishi Abbosiylar davriga borib taqaladi. Masjid Bagʻdodning Karx tarafidagi Shayx Maarouf qabristonida joylashgan boʻlib, bu joy Zumurrud Xotun va uning oʻgʻli homiyligida qurilgan[1]. Zumurrud Xotun 34-abbosiy xalifa an-Nosirning onasi va 33-abbosiy xalifa al-Mustadiyning rafiqasi edi. U madrasalardan vaqf pullarini yigʻib, oʻlimidan oldin Karxda joylashgan oʻz maqbarasini qurdirgan[2][3].
Masjid | |
Zubayda qabri | |
Mamlakat | Iroq |
Shahar | Bagʻdod |
Koordinatalar | 33°19′30″N 44°25′19″E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Abbosiylar meʼmorchiligi |
Loyiha muallifi | Zumurrud va Al-Nosir |
Asosiy sana: 1204-yillar | |
Maqomi | maqbara va masjid |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Zumurrud Xotun masjidi Vikiomborda |
Bino kichik gumbazchalar bilan qoplangan toʻqqiz qavatli muqarnas naqshlar bilan bezatilgan[3]. Masjid minorasi 12-asrda Saljuqiylar sulolasi davrida qurilgan deb hisoblaniladi va Bagʻdoddagi saqlanib qolingan eng qadimgi minoradir[2]. Bino g‘isht va gipsdan yasalgan mustahkam konstruksiyaga ega. Unga qoʻshilgan kutubxona va qoʻshni shofiʼiy madrasasi ham majmua tarkibiga kiradi. Masjidda hanafiy mazhabi hukmron bo'lganligi sababli, Shofi'iy mazhabi uchun shimolga kengaytma qo'shilgan, bu masjid shofe'iy deb ataladi[2].
Masjid Karxdagi ikkita tarixiy maqbaradan biridir, ulaning ikkinchisi Shayx Maʼruf masjidi hisoblanadi.