Yetti yillik urush
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yetti yillik urush (1756—1763) — XVIII asrning katta voqeasi, Yangi davrning eng katta urushi. Yetti yillik urush harakatlari Yevropa va okean ortida: Shimoliy Amerikada, Vest Indiyada, Hindistonda, Filippinda olib borilgan. Urushda oʻsha paytdagi Yevropaning barcha buyuk davlatlari, oʻrtac va kichik davlatlar, bir qancha hindular qabilalari qatnashgan. Uinston Cherchill tomonidan urush „Birinchi Jahon urushi“ deb atagan.[2] Urushni kolonial (Britaniya imperiyasi, Fransiya va Ispaniyaning kolonial maqsadlari toʻqnashganligi sababli), birinchi okop (urushda koʻplab redutlar, okoplarning ishlatilganligi sababli) va birinchi artilleriya (artilleriya katta miqdorda ishlatilganligi sababli) urushi deb ham atashadi.
Yetti yillik urush | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
A. E. Kotsebu. «Kunersdorf jangi» (1848) | |||||||||
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
Prussiya qirolligi Britaniya imperiyasi |
Muqaddas Rim imperiyasi Fransiya | ||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
Fridrix II F. V. Zeydlits |
Graf Daun Graf Lassi | ||||||||
Kuchlar | |||||||||
Bir necha yuz ming kishi (pastroqqa qarang) | Bir necha yuz ming kishi (pastroqqa qarang) | ||||||||
Yoʻqotishlar | |||||||||
pastroqqa qarang | pastroqqa qarang |
Yevropadagi Avstriya va Prussiya qirolligi oʻrtasida asosiy raqobatga Avstriya tomonidan oldingi Sileziya urushlarida yoʻqotilgan Sileziya sababchi boʻlgan. Shu sababli bu urushni Uchinchi Sileziya urushi deb ham atashadi. Shved tarixchiligida urush Pomeraniya urushi (shvedcha: Pommerska kriget), Kanadada Bosqinchilik urushi (inglizcha: The War of the Conquest) va Hindistonda Uchinchi Karnat urushi (inglizcha: The Third Carnatic War) deb nomlanadi. Shimoliy Amerikadagi urush harakatlarini Fransuz-hindu urushi deb atashadi.
Urushga „yetti yillik“ degan nomni XVIII-asrning 80-yillarida olgan, u paytgacha urushni „yaqinda boʻlgan urush“ deb atashgan.
YeTTI YILLIK URUSh (1756-63) — Avstriya, Fransiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvesiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya oʻrtasida boʻlgan urush. Angliya va Fransiyaning oʻzga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Fransiya va Rossiya manfaatlari bilan toʻqnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761-y.da Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus imperatori Pyotr III u bilan sulh uzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir boʻlgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Saksoniya bilan Sileziyani oʻziga qoʻshib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, fransuzlarning Hindistondagi mulklarining koʻp qismi oʻtgan. Ye.y.u.ning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Fransiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan gʻalabasi boʻlgan.