Xalil Sulton
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalil sulton (1384-1411.4.11)[1] – temuriylardan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (1405—09). Amir Temurning nabirasi. Mironshohning oʻgli.
Xalil Sulton | |
---|---|
Xalil Sulton portreti | |
Temuriylar imperiyasi hukmdori | |
Mansab davri 1405-yil – 1409-yil | |
Oʻtmishdoshi | Amir Temur |
Vorisi | Shohrux |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-sentyabr 1384-yil Hirot, Afgʻoniston |
Vafoti |
4-noyabr 1411-yil Ray, Eron |
Turmush oʻrtogʻi |
Shodimulk Jahon Sulton |
Bolalari | Muhammad Bakr Mirzo |
Onasi | Sevin Bek Xonzoda |
Otasi | Mironshoh |
Dini | Islom |
Saroymulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399—1400) qatnashib katta jasorat koʻrsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Temurning gʻazabiga uchragan, soʻng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga qilgan yurishida Xalil Sulton qoʻshinning oʻng qanoti boshligʻi etib tayinlangan. 1405-yil Amir Temur vafot etgach, Movarounnaxr taxtini egallagan. Oʻziga qarshi bosh koʻtargan amirlar (Xudoydod, Olloxdod, Shayx Nuriddin va boshqalar)ga qarshi betinim kurashgan. Davlat xazinasini behuda sarflab, hokimiyatni boshqarishda xotinining soʻzlariga amal qilgan. Saroydagi katta mansablarga tasodifiy kishilar tayinlangan. Bu boshqa temuriylarning qattiq noroziligiga uchragan. Xuroson hukmdori Shohrux katta qoʻshin bilan Movarounnaxrga yurish qilib, Samarqandni egallagan. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma (1409) natijasida Movarounnahrdan voz kechgan. Xalil Sultonga Ray berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Xalil Sulton vafot etgach, Shodimulk ham oʻzini oʻldirgan.