Wilhelm Keitel
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vilgelm Bodevin Iogann Gustav Keytel (nemischa talaffuzi: [ˈkaɪ̯tl̩]; 1882-yil 22-sentabr — 1946-yil 16-oktabr) nemis feldmarshali va urush jinoyatchisi boʻlib, Ikkinchi Jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi Qurolli Kuchlarining oliy qoʻmondonligi (nemischa: ) boshligʻi lavozimida ishlagan. Bu lavozimda Keytel koʻplab harbiy jinoyatlarga olib kelgan bir qator jinoiy buyruq va koʻrsatmalarni imzolagan.
Vilgelm Keytel | |
---|---|
feld marshal Keytel 1942-yilda | |
Oliy Bosh Qoʻmondonlik boshligʻi | |
Mansab davri 4-fevral 1938-yil – 8-may 1945-yil | |
Oʻtmishdoshi |
Werner von Blomberg (Reyx Harbiy Vaziri sifatida) |
Vorisi | Alfred Jodl |
Qurolli Kuchlar boʻlinma boshligʻi | |
Mansab davri 1-oktabr 1935-yil – 4-fevral 1938-yil | |
Oʻtmishdoshi | Walter von Reichenau |
Vorisi | lavozim tugatilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-sentyabr 1882-yil Helmsherod, Bryunsvik, Germaniya imperiyasi |
Vafoti |
16-oktyabr 1946-yil(1946-10-16) (64 yoshda) Nyuremberg qamoqxonasi, Nyurnberg, Bavariya, Ittifoqchilar tomonidan bosib olingan Germaniya |
Oʻlim sababi | Qatl qilingan |
Fuqaroligi | →→ |
Millati | nemis |
Turmush oʻrtogʻi |
Lisa Fontaine (turm. 1909) |
Onasi | Apolloniya Vissering (1855—1888) |
Otasi | Karl Keytel (1854—1934) |
Qarindoshlari | Bodewin Keitel (akasi) |
Imzosi | |
Mansubligi |
Germaniya imperiyasi Veymar Respublikasi Natsislar Germaniyasi |
Qoʻshin turi |
Germaniya imperiyasi Reyxsver Vermaxt |
Xizmat yillari | 1901–1945 |
Unvoni | Generalfeldmarshal |
Mukofotlari |
Germaniya Imperiyasi Natsislar Germaniyasi Avstriya-Vengriya mukofotlari |
Laqabi | "Leykitel" |
Janglar |
Birinchi Jahon urushi Ikkinchi Jahon urushi |
Sud | Xalqaro harbiy tribunal |
Jazo | Oʻlim |
Keytelning Vermaxt oliy qoʻmondonligiga koʻtarilishi 1935-yilda Reyx urush vazirligi qoshidagi Qurolli kuchlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanishi bilan boshlandi. 1938-yilda Vermaxt qoʻmondonligini oʻz zimmasiga olgan Gitler vazirlikni OKW bilan almashtirdi va Keytel uning boshligʻi boʻldi. U harbiy hamkasblari orasida Gitlerning „hoʻp boʻladi“si (laganbardor) sifatida tanilgan.
Urushdan keyin Keytel Nyurnbergdagi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan „yirik urush jinoyatchilari“ dan biri sifatida ayblangan. U ayblov xulosasining barcha bandlari: insoniyatga qarshi jinoyatlar, tinchlikka qarshi jinoyatlar, jinoiy fitna va urush jinoyatlari boʻyicha aybdor deb topilgan. U oʻlimga hukm qilingan va 1946-yilda osish yoʻli bilan qatl etilgan[1].