Waldemar Bonsels
From Wikipedia, the free encyclopedia
Waldemar Bonsels (1880-yil 21-fevral, Arensburg – 1952-yil 31-iyul, Ambax, Münsing) – nemis yozuvchisi, Asalari Mayya asari muallifi.
Waldemar Bonsels | |
---|---|
Waldemar Bonsels (1923) | |
Tavalludi |
21-fevral, 1880-yil |
Vafoti |
31-iyul, 1952-yil (72 yosh) Ambach, Münsing Germaniya |
Fuqaroligi | Germaniya |
Kasbi | yozuvchi |
Faoliyat yillari | 1912–1952 |
Bonselsning eng mashhur bolalar asari "Die Biene Maja und ihre Abenteuer" ("Asalari Mayyaning sarguzashtlari„) asosida 1970-yillarning oʻrtalarida “Asalari Mayya" yapon animatsion teleseriali, shuningdek, Bruno Bjelinski tomonidan yozilgan xorvat bolalari uchun opera yaratilgan. Opera 2008-yilda Avstriyaning Villax shahrida Karintiya yozgi musiqa festivalida sahnalashtirildi[1].
Himmelsvolk (Osmondagi odamlar) falsafiy yoʻnalishdagi davomiy asar boʻlib, barcha mavjudotning birligini va ularning Xudo bilan munosabatlarini mistik nuqtai nazar orqali tasvirlaydi.
Bonsels Eros kabi sevgi va romantizm ruhidagi ilohiy sevgining yuqori darajasi (Eros und die Evangelien, Menschenwege, Narren und Helden va boshqalar), inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar haqida bir qator romanlar va qisqa hikoyalar yozgan. Shuningdek, Isoning davri haqida tarixiy romani ham mavjud(Der Grieche Dositos).
U Yevropa va Osiyo boʻylab koʻp sayohatlari asosida Indienfahrt (Hindistonga sayohat) kitobini yozdi.
Bonsels antisemit boʻlib, 1933-yilda yahudiylarga qarshi natsist siyosatini maʼqullab, keng miqyosda nashr etilgan maqolasida (NSDAP und Judentum) yahudiylarni „madaniyatni zaharlayotgan oʻlik dushman“ deb ataydi[2].