Vasilisk
toʻqima obrazli jonzot / From Wikipedia, the free encyclopedia
Vasilisk (qadimgi yunoncha: βᾰσῐλίσκος — qirol; shuningdek, lotincha: basiliscus, regulus, inglizcha: basilisk, cockatrice) – turli manbalarda tilga olingan jonzot. Bibliyada, bir qator sharhlovchilarning fikriga koʻra, xavfli zaharli ilonning nomlaridan biri. Baʼzi joylarda kobra yoki ilonni anglatishi mumkin. Pliniy Elderning “Tabiat tarixi” da vasilisk – afsonaviy xususiyatlarga ega ilon[1]. Boshqa manbalarda - afsonaviy dahshatli ilon[2]. Xususan, lusatiyaliklar vasilisk ajdaho qanotlari va kaltakesak dumli xoʻroz ekanligiga ishonishgan[2].