Valkiriya operatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Valkiriya operatsiyasi — Gitlerga qarshi 1944 yil 20-iyul kuni amalga oshirilgan suiqasd va harbiy toʻntarish orqali hokimyatni qoʻlga olish uchun tashkillashtirilgan harakatning nomlanishidir. Ushbu suiqasd Schwarze Kapelle (Qora orkestr) nomli guruh aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi va muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Sharqiy Prussiyaninig Rastenberg shahri yaqinidagi Wolfsschanze (Boʻri uyasi) Gitlerning qattiq qoʻriqlanadigan qarorgohlaridan biri edi. Claus von Stauffenberg tomonidan qarorgohga oʻrnatilgan bomba portlatkich orqali Gitler oʻldirilishi kerak edi. Guruh aʼzolari avvaldan tuzilgan reja boʻyicha Berlinda Gitlerning oʻlganini eʼlon qilishadi. Shundan soʻng guruh aʼzolari hukumatni oʻz qoʻliga olish uchun harakatni boshlab yuboradi. Bu harakat tarixga „Valkiriya operatsiyasi“ nomi bilan kiradi. Ammo Gitler sodir etilgan bomba portlashidan omon qoladi va guruh aʼzolarini „jinoiy buzgʻunchi guruh“ deb eʼlon qiladi.[1]