Ukraina va NATO
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ukraina va NATO oʻrtasidagi munosabatlar 1992-yilda, Ukraina mustaqillikka erishgach, Shimoliy Atlantika Hamkorlik Kengashiga qoʻshilgandan soʻng boshlangan. Bir necha yil oʻtgach, 1994-yil fevral oyida Ukraina „Tinchlik yoʻlida sheriklik“ tashabbusi doirasida NATO bilan, 2002-yilda esa NATOning individual sheriklik rejasini ikkala tamondan ishlab chiqilgan holatda tuzildi.
2005-yilda, toʻq sariq inqilobdan va prezident Viktor Yushchenko hokimiyatga kelganidan soʻng, NATO bilan hamkorlik Ukrainaning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga kirishi yoʻlidagi birinchi qadam boʻlishi kerak boʻlgan „Tezlashtirilgan dialog“ formatiga ega boʻldi. 2008-yil boshida alyans Ukraina prezidenti Viktor Yushchenko, Bosh vazir Yuliya Timoshenko va parlament spikeri Arseniy Yatsenyukdan Ukrainani „NATOga aʼzolik boʻyicha harakatlar rejasi“ga qoʻshilish iltimosi bilan murojaat qildi, lekin NATO ga aʼzo Fransiya va \germaniya pozitsiya orqali ushbu taklif rad etildi. Shu bilan birga, NATOga aʼzo mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari Buxarestda Gruziya va Ukraina ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish uchun qoʻyilgan talablarga javob bersa[1] NATOga aʼzo boʻlishlarini taʼkidladilar[2].
2010-yilda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich hokimiyatga kelishi bilan Ukraina tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishi da o;zgarishlar kuzatila boshlandi.
Yevromaydon va 2014-yil fevralida hokimiyat almashgandan so‘ng, Ukraina NATOga qo‘shilish yo‘lini tikladi. 2014-yil dekabr oyida Ukraina Oliy Radasi prezident Pyotr Poroshenko tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasini qabul qildi, unda Ukrainaning qoʻshilmaslik maqomini[3] „davlat xavfsizligini tashqi tajovuz va bosimdan taʼminlash kontekstida samarasiz“ deb bekor qildi[4] va 2017-yil iyun oyida u qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritdi: NATOga aʼzolik Ukraina tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb eʼlon qilindi[5]. 2019-yilda konstitutsiyaviy oʻzgartirishlar kuchga kirdi, bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga toʻliq aʼzoligini olishning strategik yoʻnalishini konstitutsiyaviy norma darajasida belgilab berdi[6][7].
2020-yil 12-iyun kuni Shimoliy Atlantika kengashi Ukrainaga Kengaytirilgan Imkoniyatlar Hamkori (EOP) maqomini berdi[8]. 2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan Bryussel sammitida NATO yetakchilari 2008-yilgi Buxarest sammitida Ukrainaga NATOga aʼzolik boʻyicha harakatlar rejasi berilishi va Ukraina tashqi siyosatini belgilash huquqiga ega ekanligi haqidagi qarorini imzoladi[9][10].
Ukraina, Avstraliya, Gruziya, Iordaniya, Finlandiya va Shvetsiya bilan bir qatorda NATOning kengaytirilgan imkoniyatlar bo‘yicha oltita hamkorlaridan biri sanaladi.
2022-yil 30-sentabrda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning bosib olingan hududlari Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi fonida Ukrainaning tezlashtirilgan asosda NATOga aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomaga imzo qoʻydi[11].