Temuriylar renessansi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Temuriylar renessansi davri Osiyo va Islom tarixida XIV asr oxiridan XVI asr boshlariga qadar davrni qamrab olgan tarixiy davr edi. Islomiy Oltin asrning asta-sekin pasayishidan soʻng Temuriylar sulolasi boshqargan Oʻrta Osiyoda joylashgan Temuriylar imperiyasi sanʼat va fanlarning qayta tiklanishiga turtki boʻldi. Mazkur harakat butun musulmon olamiga keng tarqaldi va soʻnggi oʻrta asr Osiyolariga katta taʼsir koʻrsatdi.[1] Renessans soʻzi fransuzcha „qayta tugʻilish“ degan maʼnoni anglatadi va davrning madaniy tiklanish davri sifatida belgilaydi. Temuriylar davriga nisbatan mazkur atamadan foydalanish olimlar orasida noroziliklarni keltirib chiqardi, ularning baʼzilari buni temuriylar madaniyatining oqqush qoʻshigʻi deb bilishadi.[2]
Temuriylar Renessans davri Yevropa Renessansi bilan bir vaqtda kechdi. U shon-sharaf nuqtayi-nazaridan Itaiyaning Kvadrosentosiga teng deya taʼriflanadi[2] Temuriylar uygʻonish davri XV asrda, moʻgʻul bosqinlari va istilolari yakunlangach oʻz choʻqqisiga erishadi.
Fors-islom gʻoyalari asosida[3] Temuriylar renessansi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Samarqandning qayta qurilishi, Amir Temur tomonidan Temur shaxmatining kashf etilishi, Shohruh Mirzo va rafiqasi Gavhar Shodbegimning Hirotdagi (Italiya madaniy Uygʻonish markazi Florensiyaga raqobatchi sifatida mashhur) hukmronligi,[4][5] astronom va matematik olim Mirzo Ulugʻbek davri, shuningdek sanʼat homiysi Husayn Boyqaro tomonidan bir qator oʻquv dargohlarining qurilishi.[6] Amir Temur hukmronligi davrida klassik fors sanʼatiga qiziqish qayta tiklandi. Yirik qurilish loyihalari boʻlmish mavzoley, madrasa va kutubxonalar qurildi. Matematik va astronomik tadqiqotlar oʻtkazish qayta tiklandi va XVI asr boshlariga kelganda oʻqotar qurollarni oʻzlashtirishga ham erishildi.
Temur hayotligidagi asosiy qurilish ishlari sifatida Shahrisabzdagi Yozgi saroy, Bibixonim jome masjidi va Ahmad Yassaviy maqbarasini koʻrsatish mumkin. Bu davrda Hirot shahri musulmon dunyosida ilmiy va badiiy hayotning muhim markaziga aylandi.[7] Samarqand, shaharda amalga oshirilgan qayta qurish va yuksak eʼtibor natijasida Renessans va madaniyat markaziga aylandi [8]
Temuriylar Uygʻonish davri avvalgi Buyidlar sulolasining madaniy va badiiy taraqqiyotidan farq qilar edi, chunki bu mumtoz madaniyatning bevosita qayta tiklanishi emas, balki yanada keng tarqalgan turkiy va rasmiy til kabi fors tiliga ham yangi soʻzlashuv usublarini qoʻshish ham edi. Temuriylar Uygʻonish davri Moʻgʻullar imperiyasidan meros qilib olingan [9][10][11] va Islomiy porox imperiyalari davridagi boshqa davlatlarga (Usmonlilar Turkiyasi va Safaviylar Eroni) sezilarli taʼsir koʻrsatgan.[12]