Sufrajist ayol
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sufrajist ayol – XX asr boshlarida Birlashgan Qirollikdagi davlat saylovlarida ovoz berish huquqiga ega boʻlishi maqsadida „Ayollarga ovozlar“ shiori ostida kurashgan faol ayollar tashkilotining aʼzosi. Ushbu atama ilk bora 1903-yilda Emmeline Pankhurst tomonidan qoʻllanilgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri harakat olib boruvchi va ularga nisbatan koʻrsatiladigan nohaqliklarga jim turmasdan, itoatsizlik bilan bosh koʻtaruvchi, faqat ayollar huquqlarini himoya qilish bilangina faoliyat yurituvchi Britaniya Ayollar Ijtimoiy va Siyosiy Ittifoqi (WSPU) aʼzolariga tegishli[1][2]. 1906-yilda Daily Mail gazetasi muxbirlaridan biri suffragistα (saylov huquqini himoya qiluvchi har qanday shaxs) soʻzidan olingan suffragette atamasini fanga kiritdi[3]. WSPU tashkiloti aʼzolari ham ushbu yangi atamani qabul qilishdi va bu atamadan WSPU tomonidan nashr etiluvchi gazetaning nomi sifatida foydalanishga qaror qilishdi[3].
Maqsadi | Ayollarning saylovlarda ishtirok etish huquqi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 10-oktyabr, 1903-yil (120 yil avval) (1903-10-10) |
Asoschi(lar)i | Emmeline Pankhurst (WSPU) |
Xoʻjayinlar | Emmeline Pankhurst, Christabel Pankhurst, Sylvia Pankhurst, Teresa Billington-Greig, Emily Davison, Charlotte Despard, Flora Drummond, Annie Kenney, Constance Lytton, Emmeline Pethick-Lawrence, Evaline Hilda Burkitt, Mary Richardson, Lilian Lenton |
Ilk sufrajistlar | Ayollar ijtimoiy-siyosiy ittifoqi |
Keyingi sufrajistlar |
|
XIX asrning oxiriga kelib, ayollar bir qancha mamlakatlarda saylovlarda ovoz berish huquqini qoʻlga kiritdilar. 1893-yilda Yangi Zelandiya 21 yoshdan oshgan barcha ayollarga ovoz berish huquqini bergan ilk oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlatga aylandi[6]. Britaniyada ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqi berilmagach, 1903-yilda Emmeline Pankhurst „ishni oʻzimiz qilishimiz kerak“ degan qarorga keldi[7] va WSPU uchun „soʻz emas, balki amal“ shiorini qabul qildi. Ovoz beruvchilar siyosatchilarni aldashdi, parlamentga bostirib kirishga harakat qilishdi, politsiya bilan janglar paytida hujumga va jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlishdi, oʻzlarini-oʻzlari panjaralarga zanjirband qilishdi, derazalarni sindirishdi, mamlakat boʻylab portlash va oʻt qoʻyish operatsiyalarini amalga oshirishdi, ommaviy axborot vositalarida gʻazab va masxaralarga duch kelishdi. Ular qamoqqa olinganida bir necha kun yoki haftalab ovqat yemay, ochlik eʼlon qilishdi, hukumat esa bunga javoban ularni majburan ovqatlantirishdi. Oʻsha paytda qamoqda ilk bora majburiy ovqatlantirilgan birinchi sufrajist ayol Evaline Hilda Burkitt edi. 1913-yilda Epsom Derby deb nomlanuvchi ot poygasida qirol George V ning oti oldidan yugurib chiqqan Emily Davisonning oʻlimi butun dunyo boʻylab shov-shuvlarga sabab boʻldi. Bu vaqtda WSPU tashkilotini qoʻllab-quvvatlovchi bir qancha tomonlar ham mavjud boʻlib, boʻlinib ketgan guruhlar qayta tuzildi, biroq WSPU aʼzolarining barchasi ham tashkilotning toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlarini qoʻllab-quvvatlamas edilar[8].
1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanganida sufrajistlar kampaniyasi harakati toʻxtatildi. Urushdan soʻng, 1918-yilda qabul qilingan Xalq vakilligi toʻgʻrisidagi qonun ovoz berish huquqini 30 yoshdan oshgan, mulk bilan bogʻliq maʼlum talablarga javob beradigan ayollargagina berdi. Oradan oʻn yil oʻtgach, 1928-yilgi Xalq Vakilligi (saylov huquqi tengligi) qonuni ayollarga 21 yoshdan boshlab ovoz berish huquqini berilganini eʼlon qilganidan keyin ayollar erkaklar bilan saylovlarda bir xil ovoz berish imkoniyatiga ega boʻldilar.