Son
narsalarni sanash, miqdorni belgilash uchun qoʻllaniladigan matematik vosita; matematikaning asosiy tushunchalaridan biri / From Wikipedia, the free encyclopedia
Son — matematikaning asosiy tushunchalaridan biri[1]. Narsalarni sanashga boʻlgan ehtiyoj tufayli eng sodda koʻrinishda ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan.Insoniyat faoliyati doirasining kengayishi bilan takomillashgan. Dastlab, butun musbat (natural) sonlar, keyinchalik cheksiz natural sonlar qatori (1, 2, 3, 4, 5…) tushunchasi kelib chiqdi[2]. Natural va tub sonlar qatorlarining cheksizligi hamda yetarlicha katta sonlarni nomlash, belgilash masalalari miloddan avvalgi 3-asrdayoq yunon matematiklari Yevklid va Arximedning asarlarida taxlil qilingan. Sonlar ustidagi toʻrt amal qoidalarini oʻrganish bilan arifmetika shugʻullanadi.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Son (maʼnolari).