Soʻm
Oʻzbekistondagi pul birligi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Soʻm — Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi. 1 Soʻm qimmati 100 tiyin. Xalqaro ifodasi UZS Soʻm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi 1994-yil 16-iyundagi farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy toʻlov vositasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Qimmatbaho metallar suvi yuritilgan turli qiymatdagi yubiley tangalar esa turli sanalar nishonlanishi munosabati bilan va numizmatik maqsadda chiqarilgan (qarang Tanga). Soʻmning muomalaga kiritilishi Oʻzbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga chiqarish va uning barqarorligini taʼminlashni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi.[1] 1 soʻm = 100 tiyin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122—moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — „soʻm“ muomalaga kiritildi. 2013-yil iyunida 5000 soʻm qiymatlik yangi banknota chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.[2] 2013-yil 27-iyunida Oʻzbekiston respublikasi Markaziy banki shu yilning 1-iyulidan boshlab qiymati 5000 soʻm boʻlgan pul chiptalarini muomalaga chiqarishini bildirdi.[3]. 2017-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi[4]. 2021-yil 14-iyundan 2000 va 20000 soʻmlik banknotlar muomalaga chiqarildi[5][6].