Oʻzbekiston
Markaziy Osiyodagi davlat / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi, Ўзбекистон Республикаси) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — oʻzbek tili. Maydoni — 448 978 km2[6]. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 37 milliondan ortiq[7]. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Ammo, nodavlat tashkilotlar O‘zbekistonni “fuqarolik huquqlari cheklangan avtoritar davlat” deb ta’riflaganlar[8]. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston berk hududda yaʼni qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.
Shior: Kuch adolatdadir | |
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam... | |
Poytaxt | Toshkent |
Eng katta shahar | Toshkent |
Rasmiy til(lar) | oʻzbekcha, qoraqalpoqcha (Qoraqalpogʻiston) |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Shavkat Mirziyoyev | |
Tanzila Norboyeva | |
Abdulla Oripov | |
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan) | |
• Eʼlon qilingan |
1-sentabr 1991-yil |
• Tan olingan |
8-dekabr 1991-yil |
Maydon | |
• Butun |
448 978 km2 (56-oʻrin) |
• Suv (%) |
4,9 |
Aholi | |
• 2022-yilgi roʻyxat |
35 821 029[1][2][3][4] (41-oʻrin) |
• Zichlik | 78.6/km2 |
YIM (XQT) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
$80 milliard[5] (78-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$1,831[5] |
Pul birligi | Oʻzbek soʻmi (UZS) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Qisqartma | UZ, UZB |
Telefon prefiksi | 998 |
Internet domeni | .uz |
Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrnini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabridan boshlab mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik taʼminotchi davlatdir. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlari mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.