Sherlok (teleserial)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sherlok yaʼni Sherlok Xolms sifatida juda ham keng tarqalgan Britaniyaning Hartswood Films kompaniyasi tomonidan, maxsus BBC Wales uchun suraʼtga olingan teleserial. Film ser Artur Konan Doylning detektiv Sherlok Xolms asarlari asosida suraʼtga olingan. Filmdagi voqealar yozuvchi tassavuridek XX asrda emas balki, bizning kunlarda sodir boʻladi. 2009-yilda maxsus namoyishga chiqmagan epizodlar taqdimoti boʻlib oʻtadi, keyinchalik 2010-yilda BBC One va BBC HD telekanallarida toʻqson (90) minutlik uch qismli birinchi fasl koʻrsatila boshlangan. Ikkinchi fasl 2012-yilning yanvarida, uchinchi fasl esa 2014-yilning yanvarida BBC One telekanali tomonidan omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yilning 8-yanvarida Steven Moffat teleserial toʻrtinchi va beshinchi fasllarga choʻzilishini OAV hodimlari bilan boʻlgan suhbatda qayd etib oʻtgan.[1] Ushbu teleserialning oʻzbek tilidagi tarjimasi 2014-yilning avgustida Yoshlar teleradiokompaniyasi tomonidan efirlarga uzatilgan boʻlib barcha fasllarni oʻz ichiga qamrab oladi. Serial mualliflari taniqli Kim Doktor va Jekkil teleseriallari bilan muhlislarga yaxshi tanish boʻlgan Steven Moffat va Mark Getisslardir.[2] Bosh rollarni esa (Sherlok Holms rolida) Benedikt Kamberbetch va (Doktor Vatson rolida) Martin Frimanlar ijro etishgan. Filmni tasvirga olish ishlari asosan, London va Cardiff shaharlarida boʻlib oʻtgan. Ushbu film uch fasl taqdimoti yuzasidan koʻplab Xalqaro kinomukofotlariga munosib koʻrilgan va 2011-yilda Eng yaxshi drammatik serial[3] nominatsiyasi ostida nufuzli BAFTA televizion mukofotiga sazovor boʻlgan.
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
oʻzbekcha: Sherlok (teleserial) | ||
---|---|---|
Nomi: | Sherlok | |
Asl atamasi: | inglizcha: Sherlock (TV series) | |
Mamlakat: | Birlashgan Qirollik | |
Janr: | Detektiv, Drama | |
Mualliflar: |
Film Artur Konan Doyl asarlariga asoslangan | |
Qismlar vaqti: | 90 daqiqa | |
Bastakorlar: |
| |
Prodyuserlar: |
| |
Rejissyorlar: |
| |
Rollarda: |
| |
Fasllar: | 4 ta fasl | |
Qismlar: | 13 ta qism | |
Telekanal: | BBC One | |
Birinchi namoyishi: | 25-iyul, 2010-yil | |
Hozirgi holati: | davom etmoqda | |
Veb-sayt: | http://www.bbc.co.uk/programmes/b018ttws | |