Sandford Fleming
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ser Sandford Fleming (1827-yil 7-yanvar — 1915-yil 22-iyul) — shotlandiyalik va kanadalik muhandis va ixtirochi. Shotlandiyada tugʻilib oʻsgan, 18 yoshida mustamlaka davlat boʻlgan Kanadaga koʻchib oʻtadi. U butun dunyo boʻylab standart vaqt zonalarini, asosiy meridianni va 24 soatlik vaqt tizimidandan aniq vaqtni bildirishning asosiy elementi sifatida foydalanishni targʻib qildi, bularning barchasi Muvofiqlashtirilgan Umumjahon vaqtini ishlab chiqilishiga taʼsir koʻrsatdi[1]. Kanadaning birinchi pochta markasini ishlab chiqdi, yerni oʻrganish va xaritalar tuzish sohasida katta ishlarni amalga oshirdi, koloniyalararo temir yoʻlning koʻp qismini va Kanada Tinch okeani temir yoʻlining dastlabki bir necha yuz kilometrlarini ishlab chiqdi va Kanada Qirollik jamiyatining asoschi-aʼzosi va Kanada instituti (Torontodagi ilmiy tashkilot) asoschisi boʻldi.