Ronald Reagan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ronald Wilson Reagan (talaffuzi: Ronald Uilson Reygan; 6-fevral 1911-yil — 5-iyun 2004-yil) amerikalik siyosatchi boʻlib, 1980-yildan 1988-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 40-prezidenti lavozimini bajargan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Reagan bungacha 1967-yildan 1967-yilga qadar Kaliforniya shtatining 33-gubernatori vazifasida faoliyat yuritgan. U, shunigdek, Hollywood aktyori va kasaba uyushmasi prezidenti sifatida ham tanilgan.
Ronald Reagan | |
---|---|
Rasmiy portret (1981) | |
40-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 1981-yil – 20-yanvar 1989-yil | |
Oʻtmishdoshi | Jimmy Carter |
Vorisi | George H. W. Bush |
33-Kaliforniya gubernatori | |
Mansab davri 2-yanvar 1967-yil – 6-yanvar 1975-yil | |
Oʻtmishdoshi | Pat Brown |
Vorisi | Jerry Brown[1] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Ronald Wilson Reagan 6-fevral 1911-yil Tampico, Illinois, AQSh |
Vafoti |
5-iyun 2004-yil(2004-06-05) (93 yoshda) Los Angeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar (1962-yildan) |
Boshqa siyosiy birlashmalari |
Demokratlar (1962-yilgacha) |
Boʻyi | 185 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | Maureen Reagan, Patti Davis, Ron Reagan, Christine Reagan |
Ota-onasi |
|
Taʼlim | Eureka kolleji |
Kasbi |
|
Imzosi |
Reagan Illinois shtatining Tampico shahrida qasshoq oilada dunyoga kelgan. 1932-yili u Eureka kollejini tugatdi va Iowa shtatidagi radiostansiyalarda sport sharhlovchisi sifatida ishlashni boshladi. 1937-yili Reagan Kaliforniya shtatiga koʻchib oʻtdi hamda aktyor sifatida ish topib, bir nechta filmlarda rol ijro etdi. 1947-yildan 1952-yilgacha Reagan Screen Actors Guild („Kino aktyorlari gildiyasi“) prezidenti vazifasini bajardi. 1950-yillarda u televideniyedagi faoliyatini boshlab, General Electric shirkati vakili sifatida ishladi. 1959-yildan 1960-yilga qadar qayta Screen Actors Guild prezidenti oʻlaroq faoliyat yuritdi. 1964-yilga kelib, Reagan Respublikachilardan Barry Goldwaterning prezidentlik saylovoldi kurashida faol qatnashdi. Bu saylovoldi kurash davomidagi mashhur „A Time for Choosing“ („Tanlov vaqti“) nomli nutqi ortidan Reagan konservativ arbob oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi. Oʻziga ancha tarafdorlar yigʻib olgan Reagan 1966-yili Kaliforniya shtati gubernatori etib saylandi. Gubernatorlik davrida u soliqlarni oshirdi, shtat budjeti defitsitini profitsitga aylantirdi, UC Berkeleydagi namoyishchilarga qarshi chiqib, norozilik namoyishlari paytida Milliy gvardiya qoʻshinini u yerga kiritishga buyruq berdi.
1979-yil noyabrda Reagan 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida qatnashishini bildirdi. U saylovda Demokratlar partiyasidan amaldagi prezident Jimmy Carter ustidan gʻalaba qozondi. 69 yoshida prezidentlik lavozimiga kirishgan Reagan AQSh tarixidagi eng keksa prezident boʻldi. U 1984-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod Walter Mondaleni magʻlub etdi va ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi. Mondale Carter prezidentligi davrida vitse-prezident vazifasini bajargan.[2]
Prezidentlik davrida Reagan „konservativ inqilob“ siyosatini eʼlon qilib, 70-yillarda yuz bergan iqtisodiy muammoni hal qilish yoʻllarini koʻrsatdi, u tarixda „reyganomika“ deb nom oldi. Unga koʻra, soliqlarning miqdori kamaytirilgan, investitsiyalarga toʻsiq boʻlgan davlat yoʻriqnomalarini bekor qilish yoki ixchamlashtirish va shu yoʻl bilan iqtisodning oʻsishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Soliqlar birinchi yili 25 % qolgan, 2 yil mobaynida 10 %dan kamaytirilgan. Reygan tashqi siyosatda Afgʻonistonga bostirib kirgan Sovet Ittifoqiga nisbatan „yovuzlik imperiyasi“ siyosatini oʻtkazdi. 1983-yilda Grenada oroli bosib olindi, 1986-yilda Liviya havodan bombardimon qilindi.[3]