Rayan Lochte
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rayan Stiven Lochte — amerikalik suzuvchi, olti karra Olimpiya chempioni (jami 12 ta Olimpiya medali). Jahon chempionatining 39 ta oltin medali sohibi, shulardan 18 tasini 50 metrlik basseynda va 21 tasini qisqa kurslarda qoʻlga kiritgan (50 metrlik basseynlarda ketma-ket 12 ta jahon chempionatlarida kamida bittadan oltin medalni qoʻlga kiritgan — 2005, 2007, 2009, 2011, 2013 va 2015-yillar, 25 metrli — 2004, 2006, 2008, 2010, 2012 va 2014[1].
Rayan Stiven Lochte | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | AQSh |
Tavallud sanasi |
3-avgust 1984-yil (1984-08-03) (39 yosh) Nyu-York, AQSH |
Vazni | 40 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Suvda suzish |
U erkin (100 va 200 metr), chalqancha suzish, batterflyay va aralash usulda suzish boʻyicha ixtisoslashgan koʻpkurash sportchisi. Faoliyati davomida u uzun va qisqa hovuzlarda 10 dan ortiq jahon rekordlarini oʻrnatdi. 50 metrlik basseynda 200 metrga, 25 metrlik basseynda 200 va 400 metrga aralash suzishda amaldagi jahon rekordchisi. 2010 va 2011-yillarda dunyoning eng yaxshi suzuvchisi (Michael Fred Phelps 4 yillik gegemonligini toʻxtatdi).