Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
SSSR tarkibidagi avtonom respublika / From Wikipedia, the free encyclopedia
Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (qrim tatarcha: [1]) — Qrim yarimoroli hududida joylashgan, 1921-yil 18-oktyabrdan 1991-yil 12 fevralgacha[2] mavjud boʻlgan avtonom respublika. Qrim ASSR 1921-yil 18-oktyabrda RSFSR[3] tarkibida tashkil topgan. Keyinroq esa 1936-yilgi SSSR va RSFSR hamda 1937-yilgi Qrim ASSR konstitutsiyalariga koʻra Qrim Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, deya oʻzgartirilgan.
| |||
Madhiya: |
"Kʼizil asker marshi" (Qizil armiya yurishi) | ||
---|---|---|---|
Tarkibida |
SSSR (1922—1945) Ukraina SSR USSR (1991) Ukraina (1991—1992) | ||
Maʼmuriy markazi | Simferopol | ||
Asos solingan sanasi | 18-oktyabr 1921-yil | ||
Bekor qilingan sanasi | 12-fevral 1991-yil | ||
Maydoni | 26 860 km km² | ||
Xaritada | |||
Respublika aholisi tarkibining asosini ruslar, qrim-tatarlar, ukrainlar tashkil qiladi. Olmonlar, yahudiylar, yunonlar, armanlar kabi xalqlar soni esa sezilarli darajada boʻlgan. 1932-yilda maydoni 25,9 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Kichik Sovet Ensiklopediyasida Qrim tatarlari va qaraimlari Qrim ASSRning tub xalqlari sifatida tasniflanishgan[4].
Ushbu avtonom respublika 1945-yilning 30-iyunida Qrim viloyatiga aylantirilgan. 1954-yil 26-aprelda esa Ukraina SSR tarkibiga oʻtkazilgan. 1991-yilning 12-fevral sanasida Ukraina SSR tarkibida avtonomiya sifatida qayta tiklangan (1991-yil 24-avgustdan mustaqil Ukraina davlati)[2]. 1992-yil 26-fevralda hududning rasmiy nomi Qrim Respublikasi deya 1994-yil 21-sentyabrda esa Qrim Avtonom Respublikasiga qayta oʻzgartirilgan[5][6][7].