Qorabogʻ inqirozi (2023)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2023-yilning 19—20-sentyabr kunlari Ozarbayjon oʻzini boʻlginchi deb eʼlon qilgan Arsax davlatiga qarshi harbiy hujum boshladi. Ushbu hujum Togʻli Qorabogʻ boʻyicha 2020-yilgi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuvning buzilishi sifatida baholandi[13][14]. Hujum xalqaro miqyosda Ozarbayjonning bir qismi deb tan olingan, ammo aholisini armanlar tashkil etadigan Togʻli Qorabogʻning bahsli mintaqasida boʻlib oʻtdi[15][16]. Hujumlar Ozarbayjonning Arsax Respublikasini blokirovka qilishi natijasida yuzaga kelgan inqiroz kuchayib borayotgan sharoitda sodir boʻldi. Bu esa zarar koʻrgan mintaqada oziq-ovqat, dori-darmon va boshqalar kabi zaruriy mahsulotlarning sezilarli darajada tanqisligiga olib keldi[17].
Bu maqolada joriy hodisalar haqida maʼlumot keltirilgan. Voqealarning rivojlanishiga qarab axborot tezda oʻzgarishi mumkin. |
Qorabogʻ inqirozi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qorabogʻ mojarosining bir qismi | |||||||||
Togʻli Qorabogʻdagi harbiy vaziyat (2020-yil holatida) Ikkinchi Qorabogʻ urushi vaqtida Ozarbayjon nazorati ostiga oʻtgan hududlar 2020-yilgi sulh bitimiga koʻra Ozarbayjonga berilgan hududlar Toʻqnashuvlar boshlanishi arafasida Arsax nazorati ostida boʻlgan Togʻli Qorabogʻ hududlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorat qilgan Lochin koridori va Dadivank monastiri Batafsil maʼlumo uchun toʻliq maʼlumot beruvchi xaritani koʻring | |||||||||
| |||||||||
Raqiblar | |||||||||
Ozarbayjon | Arsax | ||||||||
Qoʻmondonlar | |||||||||
| |||||||||
Harbiy birliklar | |||||||||
|
Arsax respublikasi qurolli kuchlari | ||||||||
Yoʻqotishlar | |||||||||
Nomaʼlum | Arsax tomondan:[8]
| ||||||||
Ozarbayjon kuchlari 5 nafar rossiyalik tinchlikparvar kuchlar vakillarini oʻldirdi[9][10].
Ozarbayjon tomondan[11][12] |
Hujum boshlanganidan bir kun oʻtib, 20-sentabr kuni Rossiyaning Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvar kuchlari qoʻmondonligi vositachiligida Togʻli Qorabogʻda harbiy harakatlarni toʻliq toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi[18]. Ozarbayjon 21-sentyabr kuni Yevlaxda Togʻli Qorabogʻ armanlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Keyingi oyda navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtishiga kelishildi[19][20]. Ozarbayjon otashkesimni buzgani haqida 21-sentabr kuni Arsax va Xonkandidagi mahalliy aholi xabar berdi[21][22].
Inson huquqlari tashkilotlari va genotsidning oldini olish boʻyicha mutaxassislar mahalliy arman aholisi xavf ostida yoki faol ravishda etnik tozalash hamda genotsidga duchor boʻlayotganini bildirgan holda bir nechta ogohlantirishlar tarqatdi. Xalqaro jinoiy sudning birinchi prokurori Luis Moreno Ocampo yana bir arman genotsidi sodir boʻlishidan ogohlantirib, xalqaro hamjamiyatning harakatsizligini Ozarbayjon hech qanday jiddiy oqibatlarga duch kelmasligi ehtimoli bilan bogʻladi[23].