Qilin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qilin ([tɕʰi ̌ .li ̌ n] ; xitoycha: 麒麟) — afsonaviy tuyoqli ximerik mavjudot boʻlib, u odatda xitoy mifologiyasida uchraydi. Afsonalarda qilin donishmand hamda buyuk kelajakka ega hukmdorning kelishi yoki hukmronlik qilish davrida paydo boʻlishi aytiladi[1]. Qilin — lin bir shoxli hayvonlarning mifologik oilasiga mansub oʻziga xos tur hisoblanadi. Qilin boshqa madaniyatlarning mifologiyalarida, masalan, yapon va koreys mifologiyalarida ham uchraydi, jumlada ularda kirin tarzida, Vetnam mifologiyasida esa kỳ lân nomi bilan uchratish mumkin.