Qahva
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qahva (arabcha) — qahva daraxtining qovurilgan donlaridan tayyorlanuvchi, keng tarqalgan ichimlikdir. Qahva bilan bogʻliq tijorat IX asrda, Efiopiyada boshlangan. Efiopiyadan u Misr va Yamanga, soʻngra XV asrda Eron, Turkiya hamda shimoliy Afrikaga tarqalgan. Musulmon mamlakatlardan qahva Italiyaga, u yerdan esa Yevropaning boshqa mamlakatlari va Amerikaga yoyilgan[2][3].
Qahva | |
---|---|
Tur | Odatda issiq, muzdek sovuq boʻlishi mumkin |
Mamlakat | Yaman[1] |
Rangi | Qora, qora jigarrang, ochiq jigarrang |
Qahva daraxtining Coffea canephora va Coffea arabica navlari ekiladi, plantatsiyalar Lotin Amerikasi, Janubi-sharqiy Osiyo va ekvatorial Afrikada joylashgan. Qahva donlari teriladi, saralanadi va quritiladi. Keyin esa 200°C haroratda qovuriladi, bunda donlardagi uglevodlar quyuqlashadi, rang oʻzgaradi va taʼm paydo boʻladi[4].
Qahva butunjahon sotilishi hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi (neftdan keyin)[4].