Pitsa
From Wikipedia, the free encyclopedia
Pitsa (/ˈpiːtsə/ PEET-sə, italyancha: [ˈpittsa]; Neapolitan: [ˈpittsə]) anʼanaviy italyan taomidir, odatda ustida pomidor, pishloq va boshqa ingredientlar qoʻshilgan, anʼanaviy ravishda yogʻochli pechda yuqori haroratda pishirilgan xamirturushli bugʻdoy asosidagi xamirdan tarkib topadi.
Sakkiz boʻlakka boʻlingan pitsa | |
Turi | Yassi non |
---|---|
Milliy oshxona | Italyan oshxonasi |
Kelib chiqishi | Campania viloyati, Neapol shahri, Italiya |
Asosiy komponentlari | xamir, sous (odatda pomidor sousi), pishloq (odatda mozzarella yoki vegan) |
Oʻxshashlari | Calzone, panzerotto |
Pitsa atamasi birinchi marta milodiy 997-yilda Italiyaning janubidagi Gaeta shahridan, Campania viloyati bilan chegaradosh Latsio shahridan topilgan lotincha qoʻlyozmada qayd etilgan[1]. Raffaele Esposito Neapoldagi zamonaviy pitsa yaratuvchisi sifatida tariflanadi[2] [3][4][5]. 2009-yilda neapolitan pitsasi Yevropa Ittifoqida anʼanaviy maxsus kafolatlangan taom sifatida roʻyxatga olingan. 2017-yilda Neapolitan pitssasini tayyorlash sanʼati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[6].
Pitsa va uning turlari dunyodagi eng mashhur taomlar qatoriga kiradi. Pitsa turli restoranlarda, jumladan, pitseriyalarda (pitsa tayyorlashga ixtisoslashgan restoranlarda), Oʻrta yer dengizi restoranlarida va yetkazib berish xizmatlari tomonidan koʻcha taomlari sifatida sotiladi[7]. Italiyada restoranda beriladigan pitsa boʻlaklanmagan holda taqdim etiladi va pichoq va vilkalar yordamida istemol qilinadi[8][9]. Biroq, ayrim holatlarda, qoʻlda ushlab yeyishga qulay boʻlishi uchun boʻlaklarga boʻlib taqdim etilishi ham mumkin. Pitsa, shuningdek, oziq-ovqat doʻkonlarida turli shakllarda, jumladan, muzlatilgan yoki istemolchi tomonidan mustaqil tayyorlash uchun toʻplam sifatida ham sotiladi. Ular uy pechkasida tobiga keltirib pishiriladi.
2017-yilda jahon pitsa bozori 128 milliard dollarni, AQShdagisi esa 44 milliard dollarni tashkil etgan. Ular 76 000 ta pitseriyada tayyorlangan[10]. Umuman olganda, ikki va undan katta yoshdagi AQSh aholisining 13 foizi har qanday kunda pitsa isteʼmol qilganligi aniqlangan[11].