Ozarbayjon madaniyati
salam / From Wikipedia, the free encyclopedia
Ozarbayjon madaniyati — Ozarbayjonda yashaydigan xalqlar madaniyati va mavjud davlatlar tarixi. Ozarbayjonda madaniyatni rivojlanishiga siyosiy va harbiy hodisalar hamda Ozarbayjonni Sharq va Gʻarb kesishgan joyida joylashgani tarixan taʼsir koʻrsatgan.[1]
XIV-XV asrlarda Ozarbayjon — turkiy etnosni shakllanishi bilan Ozarbayjon madaniyati ham rivojlanadi. Oʻzining muqobil markaziga ega boʻlmagan bu madaniyatni Usmoniylar madaniyatidan ajratish qiyindir. XV asrda Ozarbayjon madaniyatining ikki markazi shakllanadi: Janubiy Ozarbayjon va Tekislikli Qorabogʻ. XVI — XVIII asrda ushbu madaniyat markazlarining shakllanishi yakunlanadi. XIV — XV asrlar Ozarbayjon madaniyati haqida gapirar ekanmiz, Ozarbayjon adabiyoti va madaniyatning boshqa qismlari til bilan chambarchas bogʻliqligini taʼkidlash kerak. Aholi turkiylashganidan soʻng Moddiy madaniyat anʼanaviy boʻlib qoldi. Mustaqillikdan soʻng, Ozarbayjon madaniyati Eron hamda Arab madaniyatlari bilan uzviy aloqalarini saqlab qoladi. Ular umumiy din va umumiy madaniy — tarixiy anʼanalarga ega.[2]
Hozirgi davrgacha yetib kelgan arxeologik topilmalar va moddiy yodgorliklar Ozarbayjon hududida tarixdan ilgari davrda (Gobuston petrogliflari), shuningdek, Kavkaz Albaniyasi davrida (Kum va Lekit qishloqlaridagi ibodatxonalar) madaniyat rivojlanganini koʻrsatadi. Islomni tarqalishi bilan, Ozarbayjonda musulmon madaniyati rivojlangan, masjid, madrasa, maqbaralar qurilgan, ayniqsa, bezak sanʼatining ornamentli shakli rivojlandi. XIX asrda Ozarbayjonni Rossiya bilan birlashishi bilan, bu yerda yashaydigan aholi Rossiya madaniyati bilan tanishadi va u orqali jahon madaniyatiga yaqinlashadi. Sovet Ozarbayjoni davrida, Ozarbayjon madaniyati rivojlanishida tubdan oʻzgarishlar sodir boʻldi. XXI asrda Ozarbayjon madaniyat sohasida yangilandi.[3]
Ozarbayjon musulmon mamlakatlari orasida birinchi boʻlib milliy teatr (Mirza Fatali Axundovning „Sargyuzashti-vaziri-xani-Lenkoran“), opera (Uzeir Gadjibekovning „Layli va Majnun“) hamda baletga (Afrosiyob Badalbeylining „Qiz qalʼasi“) asos solgan mamlakatlardan biridir. 1918—1920-yillarda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi islom dunyosi hamda islom mamlakatlari orasida ayollar ovoz berish huquqiga ega boʻlgan birinchi davlat hisoblanadi.[4]
YUNESKO umumjahon Merosi roʻyxatiga Ozarbayjondan Icherisheher, Gobuston petrogliflari, nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga esa mugʻom, oshiq sanʼati, Navroʻz bayrami, anʼanaviy gilamchilik sanʼati, tor ijrosi sanʼati, Qorabogʻ otlarida Chovgan oʻyini, kalagai, mis idishi sanʼati, anʼanaviy lavash yopish kirgan. ANNA Qoʻlyozma Institutida saqlanib qolgan „Tibbiyot va farmatevtika haqidagi oʻrta asrlar qoʻlyozmasi“ YUNESKOning „Umumjahon xotirasi“ roʻyxatiga kiritilgan.