Oxford
Angliyadagi shahar / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oksford — Buyuk Britaniyadagi shahar, London shahridan shimoliy-gʻarbda, Temza daryosi boʻyida joylashgan. Oksfordshir grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 132 ming kishi (1999-yil). Poligrafiya sanoati rivojlangan, avtomobilsozlik, elektrotexnika korxonalari mavjud. Shahar qoʻlyozmalarda 912-yildan tilga olingan. Qadimgi universitet shaharlaridan (XII asrda universitet tashkil etilgan). Ingliz gotika uslubida qurilgan universitet kollejlarining kompleksi shahar qiyofasiga alohida koʻrinish beradi. 1541-yildan Angliya yepiskopining qarorgohi. Meʼmoriy yodgorligi koʻp. Oksford universiteti, teatr, kutubxona, muzey va boshqa bor[2].Buyuk Britaniya taʼlim muassasalarining barcha yetakchi reytinglari (The Complete University Guide, The Times va The Guardian gazetalari) Oxford universitetni mamlakatdagi eng yaxshisi deb ataydi.
Oxford | |
---|---|
51°45′0″N 1°15′0″W G O | |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Mintaqa | Janubi-Sharqiy Angliya |
Asos solingan | VIII asr |
Aholisi | 162,100[1] |
Zichligi | 8,500 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
Roʻyxat
|
Konfessiyaviy tarkib |
Roʻyxat
|
Vaqt mintaqasi | UTCGMT |
Pochta indeks(lar)i | OX1, OX2, OX3, OX4 |