Nukus
Qoraqolpogʻiston Respublikasining poytaxti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Nukus (qoraqalpoqcha: Nókis) – Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932-yildan). Qoraqalpogʻiston poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim, da Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Qoraqolpog’istonning ilim- fan,madaniy va siyosiy markazi. Aholisi 336,4 ming kishi. Oʻrtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yoʻl stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 222 km².
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Nukus (maʼnolari).
Qisqa faktlar Mamlakat, Shahar ...
Nukus | |
---|---|
shahar | |
42°28′0″N 59°36′0″E G O | |
Mamlakat | Qoraqalpog’iston |
Shahar | Nukus |
Hukumat | |
• Hokim | Abatbay Daniyarov |
Asos solingan | 1930 yil 12 Noyabr |
Avvalgi nomlari | Okus,Nukas,Nukuz |
Maydon | 222 km2 (86 mi²) |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | Qoraqolpoq Uzbek |
Aholisi | 336,431 [1] |
Zichligi | 1518,4 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Qoraqolpoq Qozoq Uzbek Rus va boshqalar |
Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 61 |
Pochta indeks(lar)i | 230100 |
Avtomobil kodi | 95 |
Yopish