New Providence (Bagama)
From Wikipedia, the free encyclopedia
New Providence — Bagama orollaridan eng gavjum orol. U Bagamaning 70% dan ortiq aholisini oʻz ichiga oladi[1]. Bagama markazi poytaxt Nassau shahrining joylashgan joyi boʻlib, uning chegaralari orol bilan tutashadi. 2010-yil roʻyhatga olingan aholi soniga koʻra 246,329 kishini tashkil qilgan, 2016-yilgi oxirgi hisobda aholi koʻrsatkichi 274,400 taga yetgan[2][3].
New Providence | |
---|---|
Orol | |
25°1′48″N 77°24′18″W | |
Mamlakat | Bagama |
Maydon | 207 km2 (80 kv mi) |
Markazi balandligi | 5 m |
Aholisi (2022) |
296,522 |
Zichligi | 1,325.6 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Afrikaliklar 89%, Yevropaliklar 8%, Osiyoliklar va Ispanlar 3%. |
Christopher Columbus Yangi Dunyoni kashf qilganida orol dastlab Ispaniya nazorati ostida boʻlgan, ammo Ispaniya hukumati orolni hamda butun Bagama orollarini rivojlantirishga etibor bermagan[4]. Orolning eng yirik shahri boʻlgan Nassau avval Charles-town nomi bilan atalgan. Lekin u 1684-yilda ispanlar tomonidan vayron qilinib, yoqib yuborilgan. Orol 1695-yilda eng muvaffaqiyatli lordlar egasi Nicholas Trott tomonidan Angliya shahzodasi Orange-Nassau sharafiga qayta tiklanadi va Nassau deb nomlanadi.
Bagama hukumatining uchta asosiy tarmogʻi: ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi hamda sud hokimiyati, barchasi New Providence orolida joylashgan. New Providence Bagama orollarining asosiy savdo markazi hisoblanadi. Shu bilan birga, u 400 dan ortiq bank va ishonchli kompaniyalarni oʻzida jamlaydi. Uning mehmonxonalari va portlarida har yili Bagama orollariga keladigan toʻrt milliondan ortiq sayyohning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi tashrif buyuradi. New Providencedagi boshqa aholi punktlariga Grants Town, Bain Town, Fox Hill, Adelaida, Yamacraw, South Beach, Coral Harbour, Lyford Cay, Paradise Island, Sea Breeze, Centreville, Grove (Janubiy) va Grove (Shimoliy), Cable kabi sohil va shaharchalar kiradi[5].