Najaf
From Wikipedia, the free encyclopedia
Najaf (arabcha: ) yoki An-Najaf al-Ashraf (arabcha: ) Iroq poytaxti Bagʻdod shahridan 160 km janubda joylashgan shahar. Furot daryosining oʻng sohilida. 2019-yil holatiga aholisi 847 000 kishi [1]. Najaf muhofazasining maʼmuriy markazi. Najaf shialarning eng muqaddas shaharlari va uning maʼnaviy poytaxtlaridan biri hisoblanadi. Hozirda ham Iroqdagi shia siyosiy hokimyatining asosiy markazi boʻlib qolmoqda [7]. Shaharga 8-asr oʻrtalarida asos solingan. 11-asrda devor bilan oʻralgan. Najaf — shialarning muqaddas shaharlaridan. Najafda xalifa Ali masjid-maqbarasi (Abbosiylar davrida qurilgan) bor[8]. Bu yerda, shuningdek, dunyodagi eng katta qabristonlardan biri Vodiy as-salom joylashgan. Qabriston shialarning asosiy ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi
Najaf ٱلنَّجَف | |
---|---|
Yirik shahar | |
32°1′44.224″N 44°20′22.636″E G O | |
Mamlakat | Iroq |
Aholisi (2019-yil) |
847 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |