Meryl Davis
From Wikipedia, the free encyclopedia
Meryl Davis (talaffuzi: Meril Devis; 1987-yil 1-yanvarda tugʻilgan)[1] — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan amarelikalik sobiq muz raqqosasi. Sherigi Charlie White bilan birga 2014-yilgi Olimpiya chempioni, 2010-yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori, ikki karra (2011, 2013) Jahon chempioni, besh karra Gran-pri finali chempioni (2009-2013), uch karra Toʻrt qitʼa chempioni (2009, 2011, 2013) va olti karra AQShning milliy chempioni (2009-2014) boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida ham umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Meryl Davis | |
---|---|
Davis va White 2013-yilgi Jahon chempionatida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | AQSh |
Tavalludi |
1-yanvar 1987-yil (1987-01-01) (37 yosh) Royal Oak, Michigan |
Sherigi | Charlie White |
Murabbiyi |
Marina Zoueva Oleg Epstein Johnny Johns |
Oldingi murabbiylari |
Igor Shpilband Seth Chafetz |
Oldingi xoreograflari | Igor Shpilband |
Jamoasi | Arctic Skating Club |
Uchishni boshlagan | 1992-yil |
Yakunlagan | 23-fevral, 2017-yil |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 195.52 |
Qisqa raqs | 78.89 |
Erkin raqs | 116.63 |
Davis va White 1997-yilda juftlik hosil qilgan va ular Amerika Qoʻshma Shtatlardagi eng uzoq davom etgan raqs juftligidir. Juftlik jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi amerikalik muz raqqoslari, shuningdek, Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi amerikaliklardir. 2006 NHK Trophy musobaqasida barcha elementlari boʻyicha toʻrtlik darajani qoʻlga kiritgan birinchi muz raqs juftligi boʻlgan.