Malayalam
From Wikipedia, the free encyclopedia
Malayalam, malayali tili — dravid tillari oilasining janubiy guruhiga mansub, Hindistonning janubiy va janubiy gʻarbida tarqalgan til. Kerala shtatining rasmiy tili, 40 mlnga yaqin kishi soʻzlashadi. Lahjalari hududiy jihatdan janubiy, markaziy, gʻarbiy guruxlarga ajratiladi, shuningdek, ijtimoiy-etnik jihatdan ham lahjalar (brahmanlar, musulmonlar, ayrim qabilalar) oʻzaro farqlanadi. Fonologik va morfologik jihatdan bir qator oʻziga xosliklarga ega emas old va orqa qator unlilarining baʼzan namoyon boʻluvchi singarmonizma, qadimiy dravid tillaridagi ayrim tanglay va burun undoshlarining saqlanib qolganligi, feʼllarning zamon shakllari yasalishiga koʻra, kuchli va kuchsiz turlarga boʻlinishi va boshqa adabiy til lugʻat tarkibida va soʻz yasalishida sanskrit tilining kuchli taʼsiri seziladi. Malayalam yozuvi IX—X asrlardan maʼlum uning harf-boʻgʻinli alifbosi qadimiy hind yozuvi — brahmipan kelib chiqqan.[2]
Malayalam | |
---|---|
Milliy nomi | മലയാളം |
Mamlakatlar | Hindiston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 37 100 000 |
Til oilasi | Dravid tillari |
Alifbosi | Malayalam script va Arabi Malayalam script |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ml[1] |
ISO 639-2 | mal[1] |
ISO 639-3 | mal[1] |