Koʻchmanchilik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Koʻchmanchilik — jamiyatning ijtimoiy guruh hayoti va nasl-nasabini saqlash va tirik qolish uchun tinimsiz koʻchib yurishidir. Odatda koʻchmanchi turmush tarzini olib boradigan urugʻ va qabila rishtalari asosida shakllangan ijtimoiy guruhlarning bunday turmush tarzi koʻchmanchilik deb ataladi[1].
Koʻchmanchilikda iqlim va geografik sharoitga qarab odamlar va hayvonlarning tekislikka tushib togʻlarga koʻtarilishi, toʻgʻrirogʻi, hayvonlarning shu tarzdagi tabiiy hayotga moslashishi (boshqacha aytganda, hayvoniy instinkti) nazarda tutiladi. Ushbu mavsumiy koʻchish yoki geografik sharoitga moslashishga intilish koʻp jihatdan tirikchilik manbai boʻlgan chorvachilik bilan bogʻliq. Xalqlar hayotida dehqonchilikka asoslangan hayotga oʻtishdan oldin chorvachilik bilan shugʻullaniladi va buning tabiiy natijasi oʻlaroq hayvonlarni parvarish qilish va oziqlantirish kerakligi tufayli koʻchmanchilar tabiiy hayotga moslashishga majbur boʻladilar.