Kamala Harris
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kamala Devi Harris (/ˈkɑːmələ/ KAH-mə-lə,[2][3] talaffuzi: Kamala Deyvi Harris; 20-oktabr 1964-yilda tugʻilgan)[4] amerikalik siyosatchi, yurist hamda 49- va amaldagi Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidentidir. U AQSh tarixida eng yuqori lavozimda ishlaydigan ilk ayol rasmiy hamda ilk afroamerikalik va osiyolik amerikalik vitse-prezidentdir.[5][6] Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Harris 2011-yildan 2017-yilga qadar Kaliforniya bosh prokurori, 2017-yildan 2021-yilga qadar esa Kaliforniyadan AQSh senatori vazifalarini bajargan. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Harris Joe Bidenning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, amaldagi prezident Donald Trump va vitse-prezident Mike Pence ustidan gʻalaba qozonishdi.
Kamala Harris | |
---|---|
Rasmiy portret (2021) | |
49-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2021-yil | |
Prezident | Joe Biden |
Oʻtmishdoshi | Mike Pence |
AQSh senatori (Kaliforniyadan) | |
Mansab davri 3-yanvar 2017-yil – 18-yanvar 2021-yil | |
Oʻtmishdoshi | Barbara Boxer |
Vorisi | Alex Padilla |
32-Kaliforniya bosh prokurori | |
Mansab davri 3-yanvar 2011-yil – 3-yanvar 2017-yil | |
Hokim | Jerry Brown |
Oʻtmishdoshi | Jerry Brown |
Vorisi | Xavier Becerra |
27-San Francisco okrug prokurori | |
Mansab davri 8-yanvar 2004-yil – 3-yanvar 2011-yil | |
Oʻtmishdoshi | Terence Hallinan |
Vorisi | George Gascón |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Kamala Devi Harris[1] 20-oktyabr 1964-yil (1964-10-20) (59 yosh) Oakland, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar |
Turmush oʻrtogʻi |
Doug Emhoff (turm. 2014) |
Ota-onasi |
|
Alma mater |
|
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
Kaliforniya shtatining Oakland shahrida tugʻilgan Harris Howard universiteti va Hastings huquq kollejini (Kaliforniya universiteti) tugatgan. 2003-yilda San Francisco okrug prokurori etib saylangan. 2010-yilda Kaliforniya bosh prokurori etib saylandi. 2014-yilgi Kaliforniya bosh prokurorlik saylovlarida ham gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylandi. Harris 2017-yildan 2021-yilga qadar Kaliforniyadan kichik AQSh senatori lavozimini bajargan. U 2016-yilgi Senat saylovida Loretta Sanchez ustidan gʻalaba qozondi va buning ortidan AQSh senatida faoliyat yuritgan ikkinchi afroamerikalik ayol va birinchi janubiy osiyolik amerikalik boʻldi.[7][8] U Senat sud majlislari davomida Trump administratsiyasi rasmiylarini, jumladan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Oliy sudga ikkinchi nomzod Brett Kavanaughni soʻroq qilganligini bilan obroʻ qozondi.[9]