Ivy Ligasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ivy Liga Amerika Qo'shma Shtatlarining shimoli-sharqidagi sakkizta xususiy ilmiy tadqiqot universitetlarini o'z ichiga olgan Amerika universitetleri sport konferensiyasidir[2].
Turi | Diviziya 1 |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1954 |
Bosh kotib | Robin Harris[1](2009-yilgacha) |
Bosh mahkamasi | New Jersey |
Aʼzolari | 8 |
Vebsayti | ivyleague.com |
"Ivy League" nomi ushbu universitetlardagi eski binolar atrofida o'sadigan pechak kurtaklaridan kelib chiqqan[3]. Ligaga kiritilgan universitetlar yuqori sifatli ta'lim tizimiga ega.
Ivy liga a'zolari: Brown universiteti, Kolumbiya universiteti, Cornell universiteti, Dartmouth kolleji, Garvard universiteti, Princeton universiteti, Pensilvaniya universiteti va Yale universitetidir.
Ivy liga 1933-yildan beri faoliyat yurutishiga qaramasdan, 1954-yilda, Atletika konferensiyasi tashkil etilgandan keyingina rasmiy tashkilot sifatida ish boshladi. Korneldan tashqari barcha "Ivy" mustamlaka davrida tashkil etilgan universitetlardir. Ular Amerika inqilobidan oldin tuzilgan to'qqizta kolonial universitetlarning yettitasini tashkil qiladi[4]. Boshqa ikkita kolonial kollejlar esa, Rutgers universiteti–Newark, Uilyam va Meri kolleji davlat muassasalariga aylandi[5].
Ivy liga universitetlari dunyodagi eng nufuzli universitetlari sarasiga kiradi. Sakkizta universitetning barchasi 2023-yilgi US News & World Report National universitetlar reytingining eng yaxshi 18 taligidan joy oldi shu jumladan uchta Ivyning, birinchi beshlikka kirganlari (Yale universiteti, Garvard universiteti va Princeton universiteti) ham bor[6]. "US News" 2001-yildan beri har yili Ivy ligasi eng yaxshi milliy universitetlarni e'lon qilib boradi. 2020-yilga kelib Princeton o'n bir marta, Garvard ikki marta g'olib bo'lgan va bu ikkita Ivy besh marta teng raqobatlashgan. Sakkizta Ivy barchasi Amerika tadqiqot universitetlarining eng nufuzli ittifoqdosh bo'lib Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining a'zolaridir[7].