Italiya avtomobilsozlik sanoati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Italiyaning avtomobilsozlik sanoati — mamlakatda eng katta ish beruvchilardan xisoblanib, 2006-yilning koʻrsatkichlariga koʻra mamlakatda 250 000 dan ortiq kishi 2131 ta avtomobilsozlikga bogʻliq firmalarda ish faoliyatini yuritadi. [1] Italiyaning avtomobilsozlik sanoati oʻzining avtomobillarning dizayni va kichik shahar uchun moʻljallangan avtomobillari va superkarlari bilan mashhurdur. Avtomobilsozlik sanoati Italiya yalpi ichki mahsulotining 8,5 foizini tashkil qiladi. [2]
Italiya Yevropa va butun dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biridir.
Bugungi kunda Italiya avtomobilsozlik sanoatida deyarli Fiat Group ustunlik qiladi; 2001-yilda ishlab chiqarilgan transport vositalarining 90 % dan ortigʻi shu kompaniyaga tegishlidir. Fiat oʻzining oʻziga xos va ommaviy bozor modellari qatorida Alfa Romeo va Lancia markalari hamda Maseratining ekzotik markalariga egalik qiladi.
Italiya avtomobillari har-yili oʻkaziladigan-yilning eng yaxshi avtomili unvonini (bular qatorida Fiat avtomobillari eng koʻp marotaba bu sovrunni qoʻlga kiritgan) va Jahondagi eng yaxshi avtomobil sovrinlarini qoʻlga kiritgan.