Iroq urushi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iroq urushi 2003-yil 20-martda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Birlashgan Qirollik boshchiligida tuzilgan koʻp millatli koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirishi bilan boshlangan urushdir[19][20]. Bu urush koalitsiya davlatlari tomonidan Ikkinchi Fors koʻrfazi urushi, Iroqqa hujum[21] va Iroq erkinligi operatsiyasi[22] deb ham ataladi. 2011-yil 21-oktabrda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatdagi AQSh qoʻshinlari 2011-yil 31-dekabrgacha olib chiqilishini eʼlon qildi.[23] Urush rasman 2011-yil 15-dekabrda Bagʻdoddagi AQSh bazasida oxirgi Amerika bayrogʻining tushirilishi bilan yakunlandi[24]. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri urushni jiddiy xato deb taʼkidladi[25].
Iroq urushi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Chapdan oʻngga: AQSh 1-dengiz piyoda polkining dengiz piyodalari iroqlik harbiy asirlarni kuzatib bormoqda; qum boʻronidagi AQSh harbiy mashinalari karvoni; AQSh askarlari Samavadagi dushman binosi yonayotganini kuzatmoqda ; Iroq aholisi Saddam Husayn haykali agʻdarilganidan xursandchilik bilan qarshi olmoqda. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Koalitsiya:
Iroq Kurdistoni
Iroq Milliy Kongressi Qoʻllab-quvvatlangan: Italiya Daniya Niderlandiya Ispaniya |
Iroq
Eron mujohidlari[3] Byara Islom amirligi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
George W. Bush Dick Cheney Donald Rumsfeld Tommy Franks Tony Blair Brian Burridge John Howard Peter Cosgrove Aleksander Kwaśniewski Masoud Barzani Babakir Zebari Jalal Talabani Kosrat Rasul Ali Ahmed Chalabi |
Saddom Husayn Qusay Hussein † Uday Hussein † Abid Hamid Mahmud Ali Hassan al-Majid Barzan Ibrahim al-Tikriti Izzat Ibrahim al-Douri Raʼad al-Hamdani Taha Yassin Ramadan Tariq Aziz Massoud Rajavi Maryam Rajavi Abu Abdullah al-Shafi’i Ali Bapir | ||||||
Kuchlar | |||||||
466,985 askar[6] 45,000 askar 2,000 askar 194 elita askarlari 70,000 askar 620 askar----Jami: 309,814 askar |
Iroq Qurolli Kuchlari: 538,000 askar 650,000 zaxiradagi askar[7][8] 2,000 tanklar 3,700 BTRlar and BMPlar 2,300 artilleriya 300 jangovar samalyotlar[9] Respeblika maxsus gvardiyasi (RMG): 12,000 Respublika Gvardiyasi (RG): 70,000-75,000 askar Fedayeen Saddam guruhi: 30,000 jangari Arab koʻngillilari: 6,000 jangari[10]----Jami: 1,306,000-1,311,000 askar umumiy 800 jangari[11] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Umumiy: 196+ halok boʻlgan, 551+ yaralangan |
Umumiy: 7,600-45,000 halok boʻlgan
Iroq fuqarolarining taxminiy qurbonlari: |
Urushdan oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taftish Komissiyasiga AQSh va Britaniya hukumatlari tomonidan Iroqda ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqilayotgani[26] va bu qurollar koʻplab koalitsiya mamlakatlari, xususan, AQSh xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani haqida maʼlumot berilgan[27][28], Koʻrfaz urushidan soʻng, AQSh-Iroq tadqiqot guruhlari Iroq 1991-yilda ommaviy qirgʻin qurollari dasturini tugatganini[29], ammo embargo bekor qilinmasa[30], uni qayta faollashtirishi mumkinligini taʼkidladi.[31] Polsha qurolli kuchlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi Iroqda ommaviy qirgʻin va kimyoviy qurollarni topganligini da'vo qildi[32][33][34]. Baʼzi amerikalik rasmiylar Saddam Husaynni Al-Qoidani qoʻllab-quvvatlaganlik va panoh berganlikda aybladi[35], ammo bu ayblovlar hech qachon isbotlanmagan[36][37]. Bosqinning boshqa sabablari Iroqning Falastinlik xudkush-terrorchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi,[38] Iroq hukumatining inson huquqlarini suiisteʼmol qilishi[39] hamda mamlakat va mintaqada demokratiyaga xavf solishi[40] edi. Baʼzi rasmiylar, Iroqning neft zaxiralari bosqin qarorida eng muhim omil ekanini taʼkidlagan[40][41], lekin bular Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan rad etilgan[42][43].
Iroqning muntazam armiyasi bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay magʻlubiyatga uchradi va natijada Saddam Husayn qoʻlga olinib, qatl etildi. AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Iroqda yangi demokratiya qurishga kirishdi. Ayrim mazhablar va boshqa turli qurolli guruhlardan iborat isyonchilar va koalitsiya kuchlari oʻrtasida assimetrik urush boshlandi, shia va sunniy guruhlar oʻrtasida muammolar yuzaga keldi va Iroqda Al-Qoida xurujlari boshlandi[44][45]. 2007-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Iroqda taxminan 1.000.000 tinch aholi halok boʻlgan[46]. UNHCR 2008-yil aprel oyidagi maʼlumotlarga koʻra, 4,7 million iroqlik (Iroq aholisining 16 foizi) oʻz uyini tark etgan, shundan ikki millioni qoʻshni mamlakatlardan boshpana topgan[47] 2008-yil mart oyida Qizil Xoch Iroqdagi gumanitar vaziyatni „jahondagi eng ogʻir“ darajada ekanligini maʼlum qildi. 2008-yil iyun oyida AQSh mudofaa rasmiylari xavfsizlik va iqtisodiy koʻrsatkichlarda yaxshilanish belgilari borligini eʼlon qilishdi. 2008-yil avgust oyida Iroq va AQSh oʻrtasida SOFA bitimi ishlab chiqildi. Bu kelishuvda AQSh 5 yil ichida Iroqdan butunlay chiqib ketishi va xavfsizlikni Iroq maʼmuriyatiga topshirishi aytilgan edi. 2008-yil oxirida SOFA kuchga kirdi. Bu kelishuvga koʻra, 2009-yil 30-iyunda[48] AQSh askarlari oʻz jangovar kuchlarini Iroq shahar markazlaridan olib chiqib ketishdi va 30-iyun Iroqda dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Biroq kelishuv doirasida 2009-yilning oʻrtalarida xalq referendumi oʻtkazildi. Bu kelishuv turli Iroq guruhlari tomonidan norozilik bilan qabul qilingan. Oyatulloh Ali Husayn as-Sistoniyning aytishicha, kelishuv xorijiy ishtirokni toʻxtatishi kerak edi. Iroq parlamenti va AQSh oʻrtasida Strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu shartnoma, mamlakat ichidagi etnik guruhlar va siyosiy birliklar huquqlarini taʼminlash, talabalar almashinuvi; taʼlim, energetika sohalarini rivojlantirish, atrof-muhitni tozalash, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, aloqa va huquqni muhofaza qilish sohalarni qamrab oldi.