Indoneziyada turizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Indoneziyada turizm Indoneziya iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Indoneziya jahon turizm sanoati boʻyicha 20-oʻrinni egallaydi. Shuningdek, dunyoda eng tez rivojlanayotgan turizm reytingida toʻqqizinchi, Osiyoda uchinchi va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa yetakchi davlat hisoblanadi[1]. 2018-yilda Denpasar, Jakarta va Batam shaharlari mos ravishda 32,7%, 29,2% va 23,3% ni qayd etib, turizm yoʻnalishida eng tez rivojlanayotgan 10 talik shaharlarga kiritilgan[2]. 2019-yilda Indoneziyaga 16,1 million xorijiy turistlar tashrif buyurdi. Bu koʻrsatkich 2018-yilga nisbatan 1,9% ga koʻpdir[3]. Indoneziyaga keladigan turistlarning 5 taligini Singapur, Malayziya, Xitoy, Avstraliya va Yaponiya egallaydi[4].
Sayohat va turizm raqobatbardoshligi tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2019-yil Indoneziya 4,3 ball bilan 140 mamlakat ichida 40-oʻrinni egalladi[5][6]. Bu Indoneziyaning 2017-yildagi 4,2 indeks ball bilan 136 mamlakat ichida 42-oʻrinni egallaganidan ikki bosqichga yaxshilanishdir[7][8]. Indoneziya juda yaxshi turizm salohiyatiga ega (9-oʻrin). Mamlakat tabiiy va madaniy resurslar boʻyicha ham ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega (17-oʻrin). Biroq, mamlakat infratuzilma indeks boʻyicha ancha past ball olgan (75-oʻrin), chunki turistik xizmat infratuzilmasining ayrim jihatlari rivojlanmagan[9].