Indoneziyada din
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xitoy, Hindiston va Yevropa bilan yaqin aloqalar tarixan Indoneziya hududida diniy va madaniy xilma-xillikka o`z ta'sirini o`tkazgan. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra musulmonlar ulushi 86,1%, protestantlar 5,7%, katoliklar 3%, hindular 1,8%, buddistlar va boshqa din tarafdorlari 3,4% ni tashkil etgan.
Indoneziya konstitutsiyasining 29-moddasida davlat yagona Xudoga ishonishga asoslanganligi va fuqarolarning diniy e'tiqod erkinligi huquqlarini kafolatlashi aytilgan. Mamlakatning mustaqillik uchun kurashi davrida ishlab chiqilayotgan konstitutsiya loyihasining muqaddimasida musulmonlar shariat qonunlariga rioya qilishi zarurligi qayd etilgan, biroq bu ibora 1945-yil, avgustda loyihadan olib tashlangan[1]. Ayrim partiya va harakatlarning 1999-2002-yillardagi konstitutsiyaviy islohot davrida konstitutsiyaning 29-moddasiga shar'iy eslatmalar kiritishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugagan[1].
"Rasman tan olingan" (masalan, aholini ro'yxatga olishda) oltita (1978-yildan 1998-yilgacha beshta) din: islom, protestantizm, katoliklik, hinduizm, buddizm va konfutsiylik. 1965-yilda Prezident Sukarno tomonidan e'lon qilingan asl ro'yxatga konfutsiylik kiritilgan edi, lekin u 1979-yilda Suxarto hukumati tomonidan "rasmiy" dinlar ro'yxatidan olib tashlangan. Shu sababli mamlakat aholisi 1971-yil aholini ro`yxatga olishda konfutsiylikni o'zlarining dini sifatida ko'rsatishlari mumkin edi, lekin keyingilarida emas (1980, 1990, 2000), konfutsiylik tarafdorlari (musulmon, nasroniy yoki buddist bo'lmaganlar) "boshqalar" deb qayd etilgan ro`yxatga olishlarda[2].