Imperator Meydzi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Imperator Meydzi (yaponcha: 明治天皇 Meydzi-tennyo?, 1852-yil 3-noyabr – 1912-yil 30-iyul), yana shuningdek Buyuk Meydzi (yaponcha: 明治大帝 Meydzi-taytey?) yoki Muqaddas imperator Meydzi (yaponcha: 明治聖帝 Meydzi-seytey?) kabi nomlari bilan mashhur boʻlib, anʼanaviy vorislik tartibiga koʻra Yaponiyaning 122-imperatori boʻlgan. 1867-yil 3-fevraldan to vafotiga qadar Yaponiya imperiyasining birinchi monarxi, „Meydzi erasi“ davrida mamlakatni boshqargan. Meydzi Yaponiyani yakka, feodal davlatdan sanoatlashgan jahonning kuchli davlatiga aylanishiga sabab boʻlgan „Meydzi islohotlari“ ning asoschisidir.
Imperator Meydzi | |
---|---|
明治天皇 | |
Imperator | |
Mansab davri 1867-yil 13-fevral – 1912-yil 30-iyul | |
Vazir | Ityo Hirobumi |
Oʻtmishdoshi | Imperator Kyomey |
Vorisi | Imperator Taisyo |
Toj kiydirish marosimi | 1968-yil 12-sentyabr |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mutsuhito (yaponcha: 睦仁?) 3-noyabr 1852-yil Kioto Gyoen milliy bogʻi, Kioto, Yamasiro provinsiyasi, Yaponiya |
Vafoti |
29-iyul 1912-yil(1912-07-29) (59 yoshda) Meidzi saroyi , Tokio, Tokio prefekturasi, Yaponiya imperiyasi |
Oʻlim sababi | uremiya kasalligi |
Millati | yapon |
Turmush oʻrtogʻi | Imperatoritsa Syoken |
Bolalari |
|
Onasi | Nakayama Yosiko |
Otasi | Imperator Kyomey |
Dafn etilgan joyi | Fusimi Momoyama no Misasagi (yaponcha: 伏見桃山陵?), Kioto, Kioto prefekturasi, Yaponiya |
Imzosi |
1852-yil imperator Meydzi tugʻilgan paytida, Yaponiya yakkalanib qolgan Tokugava syogunligi hukmronligidagi 270 ta markazlashtirilmagan domenlardan iborat, sanoati feodal davrlarda qolib ketgan mamlakat boʻlgan[1]. Meydzi vafotigacha Yaponiya keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy inqilobni boshdan kechirgan va jahon sahnasida buyuk davlatlardan biri sifatida maydonga chiqqa. New York Times 1912-yilda imperatorning dafn marosimida bu oʻzgarishlarni qisqacha xuddi shunday bayon qiladi: „Uning vafotigacha amalga oshirilgan ishlar haqiqatda hayratnarli edi. Yaponiya oldingi eskilikdan yangi Yaponiyaga aylangan“[2].
Zamonaviy davrdan boshlab, Yaponiya imperatori vafot etganida, unga vafotidan keyin ism berila boshlangan. Bunday nom imperator hukmronlik qilgan davrning muvofiqi boʻlib, imperatorning tirikligida taxtga qoʻshgan hissasini anlatadi. Shuning uchun hayoti davomida omma oldida shunchaki „imperator“ sifatida tanilgan, ammo oʻlimidan keyin tarixda „imperator Meydzi“ nomi bilan tilga olinadi. Imperator bu unvonni hukmronligining deyarli butun davrini qamrab olgan „Meydzi davri“ ga nisbatan olgan. Uning asl ismi (imzosidan tashqari hech qanday rasmiy hujjat yoki rasmiy kontekstda ishlatilmaydi) Mutsuhito (yaponcha: 睦仁?) boʻlgan.