Icheri-sheher
From Wikipedia, the free encyclopedia
Icheri-sheher (ozarb. İçərişəhər — Ichki shahar), xalq orasida — Qal’a[3] (ozarb. Qala), yoki „eski“ shahar[4] — Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi qadimiy yashash kvartali va tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona, yaxshi saqlanib qolgan qal’a devorlari bilan oʻralgan va shaharning eng qadimgi qismida[5] joylashgan va shaharning diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Qoʻriqxona egallagan 221 ming. m² maydonda 1300 dan ortiq oila yashaydi[6].
Icheri-sheher ozarb. İçərişəhər | |
---|---|
Qiz qal’asi , Darvoza, Bozor maydoni, Eski koʻcha, Devonxona, Muhammad masjidi, Chin — masjid, Qadimgi butlar, Shirvonshohlar saroyi | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Tegishli | Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi |
Ilk qayd etilgan vaqti | V asr[1][2] |
Asos solingan sana | XII asr |
Uslubi | Shirvan — Apsheron maktabi |
Holati | qoʻriqxonasi |
UNESCO muhofazasiga olingan | |
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah’s Palace and Maiden Tower | |
Turi | Madaniy |
Mezonlari | vi |
Tayinlangan | 2000 |
Manba nomeri | 958 |
Davlat | Ozarbayjon |
Hudud | Yevropa |
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish | |
Manba nomeri | 2 |
Turi | kompleks |
Ahamiyati | Dunyo ahamiyatida |
Icheri-sheherning plani |
Qoʻriqxona maydoniga bronza asridan [6] boshlab odamlar koʻchib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijasida Icheri-sheher hududiga VIII—XI asrlardanoq odamlar yashagani, bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq[7] rivojlangani maʼlum boʻldi. XV asrda Shirvonshoh oʻz qarorgohini Shemaxidan Bokuga koʻchirib oʻtdi va bu Icheri-sheherni[4] „kristallanishiga“ sabab boʻldi. 1747-yildan 1806-yilgacha asosan Icheri-sheherda joylashgan Boku Boku xonligining poytaxti boʻlgan. Bokuni ruslar egallab olganidan soʻng 1806-yilda va ayniqsa neft qazish avjiga olganidan soʻng (XIX asr oʻrtalarida va XX asr boshlari) Boku shiddatli ravishda kengaya boshladi va Icheri-sheher qal’a devorlaridan tashqarisiga chiqdi.
Icheri-sheherda eng koʻzga koʻringan yodgorliklardan Qiz qal’asi va ozarbayjon meʼmorchiligining [8] durdonasi hisoblangan Shirvonshohlar saroyi majmuasini keltirish mumkin. Bundan tashqari qoʻriqxona hududida oʻnlab tarixiy yodgorliklar — masjidlar, karvon — saroylar, hommom, uylar joylashgan, bir qancha muzey, elchixona, mehmonxona, savdo obyektlari, kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda.
1977-yilda Icheri-sheher tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona[6] deb eʼlon qilingan, 2000-yilda esa Shirvonshohlar saroyi hamda Qiz qal’asi bilan birga YUNESKO ning umujahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Icheri-sheher Umumjahon meʼrosi roʻyxatiga kiritilgan Ozarbayjonning birinchi obyekti hisoblanadi.