Hindiston Konstitutsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hindiston Konstitutsiyasi (IAST : Bhāratīya Saṃvidhāna) — Hindistonning oliy qonuni[1][2]. Hindsiton Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy siyosiy kodeksi hisoblanib, davlat tuzilmasi, boshqaruv tartiblari, davlat organlarining vakolatlari va davlat institutlarining majburiyatlarini va fuqarolarning asosiy huquqlari, direktiv tamoyillari va majburiyatlarini belgilaydi. Hindsiton Konstitutsiyasi dunyodagi eng uzun yozma milliy konstitutsiyadir[3][4][5].
Hindiston Konstitutsiyasi |
---|
Hindsiton Konstitutsiyasi mamlakatda konstitutsiyaviy ustunlikni taʼminlaydi(parlament ustunligini emas, chunki hujjatni parlament emas, balki Taʼsis Assambleyasi tomonidan yaratilgan) va oʻz xalqi nomidan oʻz muqaddimasida deklaratsiya bilan qabul qilingan. Parlament konstitutsiyani bekor qila olmaydi.
Hindsiton Konstitutsiyasi 1949-yil 26-noyabrda Hindiston Taʼsis Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va 1950-yil 26-yanvarda kuchga kirgan[6]. Konstitutsiya Hindiston hukumatining 1935-yilgi qonunini mamlakatning asosiy boshqaruv hujjati sifatida bekor qildi, natijada Hindiston Dominioni Hindiston Respublikasiga aylandi. Konstitutsiyaviy avtoxtoniyani taʼminlash uchun uning tuzuvchilari 395-moddada Britaniya parlamenti tomonidan qabul qilingan avvalgi hujjatlarini bekor qildilar[7]. Hindiston oʻz konstitutsiyasi qonuniy kuchga kirgan kun 26-yanvarniRespublika kuni sifatida nishonlaydi[8].
Konstitutsiya Hindistonni suveren, sotsialistik, dunyoviy[9] va demokratik respublika deb eʼlon qiladi, uning fuqarolariga adolat, tenglik va erkinlikni kafolatlaydi va birodarlikni rivojlantirishga harakat qiladi[10]. 1950-yilgi konstitutsiyaning asl nusxasi Nyu-Dehlidagi parlament binosida geliy bilan toʻldirilgan qutida saqlanadi. „Dunyoviy“ va „sotsialistik“ soʻzlari 1976-yilda Favqulodda vaziyat paytida 42-oʻzgartirish qonuni bilan muqaddimaga qoʻshilgan[11].