Gladiator
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gladiator (lot. gladius — „qilich“[1]) Qadimgi Rimda tomoshabinlarni zavqlantirish uchun boshqa bir gladiator, yirtqich hayvonlar yoki jinoyatchilar bilan oʻlguncha urushadigan jangchidir. Baʼzi gladiatorlar oʻz hayotlarini tahlikaga qoʻyarak jangga qoʻshilardilar. Biroq gladiatorlarning aksariyatini qullar, asirlar va jinoyatchilar tashkil etardi.
Gladiator yaxshi urushishdan xorij, Rim harb etiketini namoyish etishi kerak. Bu bilan u olqish qozonadi. Baholash tomoshabinlarga bogʻliq. Bu yuqori ham boʻla oladi, past ham.
Gladiator janglarining asl manbai bahslidir. Eramizdan avvalgi III asrda Pun urushlari davrida, keyinroq Rim Imperiyasida siyosiy va ijtimoiy hayotning bir naviga aylangan.[1] Oʻyinning xalq tomonidan sevilishi oʻyinlarga yanada koʻp pul xarjlanishiga olib keldi.
Oʻyin eng yuksak nuqtasiga eramizdan avvalgi I va eramizning II asrlari orasida yetdi. Rim Imperiyasining boʻhroni davrida ham oʻyin oʻz ahamiyatini saqlab qoldi. Xristian imperatorlari gladiator janglarini eramizning V asrida man etishdi. Bundan soʻng gladiator oʻyinlari rasmiy oʻlaroq tashkil etilmaydi.