Gepatit E
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gepatit E — gepatit E virusi (GEV) infeksiya natijasida paydo boʻladigan jigarning yalligʻlanish kasalligi[1][2]. Bu virusli gepatitning bir turi hisoblanadi[3]. Gepatit E asosan gepatit A ga oʻxshash fekal-oral yoʻl orqali yuqadi, ammo ikkala virus bir-biriga bogʻliq emas[4][5][6]. Virus tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, gepatit E ning eng qadimgi epidemiyasi 1955-yilda Nyu-Dehlida sodir boʻlgan[7][8]. Gepatit E oʻtkir yuqumli kasallik hisoblanib, asosan suv orqali yuqadi. Gepatit E asosan katta yoshli odamlarda koʻp uchraydi. Homiladorlik holatida ogʻir kechishi kuzatilgan.
Gepatit E virusi | |
---|---|
Mutaxassislik | Yuqumli kasalliklar |
Davomiyligi | 2-8 hafta |
Turlari | Genom 1-2-3 |
Sabablari | To'liq oʻrganilmagan |
Tashxis usullari | Gepatit E |
Differensial tashxis | Gepatit A |
Oldini olish | Gepatit Ega qarshi vaksina olish |
Davolash | Tizimli davo choralari |
Gepatit E ning ham manifest ham subklinik turlari bilan kasallangan insonlar kasallik manbayi hisoblanishadi. Homilador ayollar va immuniteti zaif odamlarda oʻlim darajasi ancha yuqoriligi kuzatilgan. Homilador ayollarda, ayniqsa uchinchi trimestrda, kasallik koʻproq ogʻir kechadi. Klinik sindromlardan asosan jigar yetishmovchiligi koʻp kuzatiladi. Bu sindrom ortidan oʻlim darajasi 20% atrofida. Homilador ayollarda tez immunitet tizimini zaiflashishi va organlar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi[9][10]. Gepatit E genetik jihatdan 8 ta genotipga boʻlinadi. Bularda 3 va 4-genotiplari immuniteti zaif odamlarda surunkali gepatitni keltirib chiqarishi mumkin[11][12][13]. Gepatit E ning virusi Gepatit A virusidan biroz kattaroq.
2017-yilda gepatit E 19 milliondan ortiq odamda mavjud ekanligi taxmin qilingan[14]. Gepatit E bilan asosan kasallanadigan toifa bu 15—35 yosh orasidagi erkakalr hisoblanadi[15]. Profilaktik vaksina (HEV 239) Xitoy hukumati ruhsati bilan Xitoy Xalq Respubliksi hududida qoʻllanilib kelinmoqda[16].