Firuzkuhlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Firuzkuhlar (dariycha: فیروزکوهی) — Afgʻonistonning shimoliy-gʻarbida (Gerirud va Murgʻob daryolari oraligʻida, Hirot viloyatining sharqiy qismida, shuningdek, Chahcharon yaqinida) yashovchi choraymoq guruhiga tegishli xalq.
Aholisining umumiy soni 253 000 kishini tashkil qiladi[1]. Firuzkuhlar eʼtiqodiga koʻra, sunniy musulmonlardir. Ularning oʻz tillari yoʻq, muloqotda fors tilining shevasidan foydalanadilar (Rahimov, 1999).