FIFA futzal Jahon chempionati 2024
From Wikipedia, the free encyclopedia
2024-yilgi FIFA Futzal Jahon chempionati FIFAga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan futzal boʻyicha jahon chempionatining oʻninchi turi boʻladi. Turnir Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi[1][2]. Bu Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan birinchi FIFA turniri, Markaziy Osiyoda oʻtkaziladigan birinchi FIFA turniri va Osiyoda oʻtkaziladigan toʻrtinchi futzal Jahon chempionati boʻladi[3]. Qolganlari 1992-yilda Hong Kongda, 2004-yilda Tayvanda va 2012-yilda Tailandda. Oldingi turnir COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yilga qoldirilganidan keyin turnir odatdagi toʻrt yillik tsikliga qaytadi.
FIFA futzal Jahon chempionati 2024 (Oʻzbekcha) | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Oʻzbekiston |
Sana | 14-sentyabr – 6-oktyabr 2024-yil |
Jamoalar | 24 (6 ta konfederatsiyadans) |
Bellashuv joylari | 3 (3 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | TBA |
2-oʻrin | TBA |
3-oʻrin | TBA |
4-oʻrin | TBA |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | TBA |
Toʻpurar(lar) | TBA |
Eng yaxshi oʻyinchi | TBA |
Eng yaxshi darvozabon | TBA |
Feyr-pley jamoa | TBA |
← 2021 2028 → |
2021-yilgi musoboqada Portugaliya finalda Argentinani 2:1 hisobida magʻlub etib, amaldagi chempion boʻldi. Fransiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari FIFA futzal boʻyicha jahon chempionatida debyut qiladilar.