Ekeren
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ekeren – Belgiyaning Flamand mintaqasidagi Antverpen munitsipalitetining shimoliydagi tumani. Shahar chekkasi 2005-yilda oʻzining 850 yilligini nishonladi; shahar nomi birinchi marta 1155-yilda „Hecerna“ sifatida tilga olingan[1].
Ekeren | |
---|---|
Tuman | |
51°16′37″N 4°25′5″E G O | |
Mamlakat | Belgiya |
Viloyat | Flanders |
Provinsiya | Antwerp |
Munitsilalitet | Antwerp |
Maydon | 13.48 km2 (5.20 mi²) |
Aholisi (2021) |
28,500 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Ekerenda 2004-yil holatiga koʻra, 2000 ga yaqin oʻquvchi (shuningdek, Antverpen shahrining boshqa tumanlaridagi filiallari va yaqin atrofdagi Kapellen munitsipalitetidagi filiallarni hisobga olgan holda) tahsil oladigan Jozef Pauli shahar musiqa va diksiya akademiyasi joylashgan. Akademiyada koʻplab musiqa ansambllari mavjud; Jozef Pauly fleyta ansambli Avstraliya va Qoʻshma Shtatlarga konsert gastrollari qildi. Belgiyadagi shahar musiqa akademiyalari davlat taʼlim tizimidan ajralib turadi; Ushbu akademiyalarda qatnashish ixtiyoriy va koʻpchilik talabalar uchun shunchaki sevimli mashgʻulotdir.
Oude Landenning 1 kvadrat kilometrlik katta hududi Antverpen shahar okrugi bilan chegarada joylashgan noyob va juda xilma-xil tabiiy qoʻriqxonadir. Bu 1972-yilgacha harbiy hudud boʻlganligi sababli (lekin tez-tez ishlatilmasdi), bu yerda chegarani buzish qatʼiyan man etilgan.
Ekeren va Antverpen okrugi oʻrtasidagi chegara 2019-yil 1-yanvarda oʻzgartirilgan. Oʻzgartirilish ortidan Antverpenning umumiy 5000 ga yaqin aholisi yashaydigan bir nechta mahallalarini Ekerenga oʻtgan.
Ekeren, shuningdek, taniqli belgiyalik/amerikalik musiqachi Christian Olde Wolbersning afsonaviy Amerika musiqa guruhi Fear Factoryning vatani hisoblanadi.