Eduard Regel
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eduard Lyudvigovich (Eduard Avgust) Regel (nemischa: , 1815 - 1892) — falsafa doktori, botanik va bogʻdorchilik boʻyicha olim. Asli kelib chiqishi olmoniyalik. Peterburg fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Maxfiy maslahatchi (1887-yildan) boʻlib ham ishlagan.
Eduard Lyudvigovich Regel | |
---|---|
Eduard August von Regel | |
Tavalludi |
13-avgust 1815-yil |
Vafoti |
27-aprel 1892-yil(1892-04-27) (76 yoshda) Sankt-Peterburg Rossiya imperiyasi |
Kasbi | falsafa doktori, botanik va bogʻdorchilik boʻyicha olim |
Sharqiy Sibir, Oʻrta Osiyo, Saxalin, Ussuri oʻlkasi oʻsimlik dunyosi boʻyicha koʻplab tadqiqotlar muallifi. Unda 1000 dan ortiq[1] oʻsimlik turlarini ifodalab bergan, Piyoz (Allium), Lola (Tulipa), Gʻoz piyoz (Gagea), Qayin (Betula) va boshqa turkumlarning tizimi boʻyicha qoʻlyozmalar chop etgan. Regel birinchilardan boʻlib rus sayyohlari tomonidan toʻplangan va olib kelgan kolleksiyalar boʻyicha Turkiston oʻsimlik dunyosining tizimini oʻrganishni boshlagan.
Eduard deyarli 37 yil mobaynida (1855—1892) Sankt-Peterburgdagi Imperator botanika bogʻi oddiy xodim, 1875-yildan[1] umrining poyonigacha Sankt-Peterburgdagi Imperator botanika bogʻining direktori boʻlgan.
Uning otasi 4 ta farzandni Albert Regel, Arnold Regel, Andreas Regel va Robert Regellarning tarbiyalab voyaga yetkazdi.